Microsoft excel dasturida ishlash


Download 188 Kb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi188 Kb.
#224382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kompyuter taminoti

2. Ishchi kitobini saqlash:
a) Uskunalar panelidagi tugma yordamida yoki

b) CTRLҚS tugmalar birgalikda bosiladi.

Agar kitob saqlanmagan bo`lsa, "Kabi saqlash" dialog menyusi chiqadi. Fayl nomi maydoniga ishchi kitobingiz nomini kiriting yoki dasturda tavsiya etilganini qoldiring. OK tugmasini bosing. Agar kitob oldin saqlangan bo`lsa, dialog oynasi chiqmaydi.

Boshqa nom bilan saqlash uchun CTRLҚS ni bosish, fayl nomini yozish va OK ni bosish kerak.

Ishchi kitobni yozish - Fayl menyusidan Yopish buyrug`i (CTRLҚF4). Agar bir necha ishchi kitob ochilgan bo`lsa, u holda Fayl menyusida Hammasini yopish buyrug`i bosiladi. Ishchi kitob varaqlardan iboratdir.

Ishchi kitob 1 dan 255 gacha bo`lgan miqdordagi varaqlardan tashkil topishi mumkin. Yangi ishchi kitobi ochilganda, 1 varaq, 2 varaq, ... deb nomlanuvchi 16 varaq bo`ladi. Ishchi kitobi tarkibida varaqlarning quyidagi asosiy ko`rinishlari bo`lishi mumkin:

a) ishchi varaq;

b) diagramma varag`i;

v) VISUAL BASIC tipidagi modul varag`i;

g) dialoglar varag`i.

Varaqlar nomlari ishchi kitobi oynasining pastki qismida darchada chiqadi. Varaqdan varaqqa ko`chirish - "sichqoncha" kursorini kerakli varaq nomiga keltirib, chap tugmasini bosish bilan bajariladi. Faol varaqning yorlig`ida varaq nomi yarim qalin shrift bilan ajratilgan.


Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling