Microsoft excel dasturida ishlash


Ishchi varag`idan ajratib olingan katakcha faol katakcha deyiladi. Faol


Download 188 Kb.
bet7/10
Sana05.01.2022
Hajmi188 Kb.
#224382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kompyuter taminoti

Ishchi varag`idan ajratib olingan katakcha faol katakcha deyiladi. Faol
katakchalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

a) katakchaga berilganlarni kiritish;

b) katakchadagi mavjud berilganlarni tahrirlash;

v) katakchalarni nusxalash;

g) katakchalarni ko`chirish;

d) katakchalarni formatlash;

e) katakchalarni tozalash;

j) katakchalarni faollashtirilgandan so`ng, unga to`g`ridan-to`g`ri berilganlarni kiritish - klaviaturada terish, ENTER ni bosish;

z) berilganlarni formula satri orqali katakchaga kiritish - formula satriga bosish, klaviaturada terish, kiritish tugmasini bosish.

Katakchada saqlanishi mumkin bo`lgan berilganlarning turi:

- doimiy qiymatlar (sana, vaqt, pulli miqdorlar, foizlar, kasrlar yoki matn)

- bu ma`lumotlar katakchaga toki yangi ma`lumotlar kiritilmaguncha, o`zgarmasligini ta`kidlash lozim. Kasr sonlarni kiritishda ularni " , " lar bilan ajratiladi. Sana va vaqtlarni kiritish xaqida gapirib bering.

- formulalar (mavjud qiymatlardan doimiy qiymat, katakcha adreslari, funktsiyalarni keltirib chiqarish ketma-ketligi) - agar ishchi varag`ining qiymatlari o`zgarsa, formula hisoblash natijasi sifatida chiqaruvchi qiymatlar ham o`zgarishini ta`kidlab o`ting (buni birorta funktsiya misolida tushuntiring).

Kiritishdan voz kechish uchun:

1. Tuzatish menyusidan voz kechishi yoki CTRLҚZ tugmalari bosiladi.

b) berilganlarni katakchada tahrirlash:

1 "Sichqoncha" chap tugmasini ikki marta bosish, yangi berilganlarni kiritish, ENTER ga bosish yoki

2. Ishchi varaq katakchani ajratib olib, formula satrida bosish, yangi berilganlarni kiritish, ENTER ni bosish yoki kiritish tugmasini bosing.

v) katakchani nusxalash uchun:

1. Nusxalash lozim bo`lgan katakchani ajratib olish, Tuzatish menyusida "Nusxalash" buyrug`ini tanlash yoki

2. Katakchani ajratib olib, "sichqoncha" o`ng tugmasini bosish, kontekstli menyudan "Nusxalash" buyrug`ini tanlash yoki

3. Katakchani ajratib olib, asboblar panelidagi "Nusxalash" tugmasini bosish yoki

4. Katakchani ajratib olib, CTRLҚC ni bosish. Ta`kidlash lozimki, ushbu katakcha nusxasi almashish buferidadir.


Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling