Microsoft Word 0 dan Advancedgacha kitoblar ro'yxati docx
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
0 dan Advancedgacha kitoblar ro\'yxati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Maqsadingizni aniqlang.
- 2. Ingliz tilida qanday darajalar borligi bilan tanishib chiqing.
@Linguabarno “Ingliz tilini 0 dan qanday qilib mustaqil o’rgansam bo’ladi?” Albatta bu savolning javobi barcha ingliz tilini o’rganishga qiziquvchilarni yanada qiziqtirishi aniq. Demak, ishni boshladik. 1. Maqsadingizni aniqlang. Muvaffaqiyatga erishgan barcha insonlar eng avvalo biror ishni bajarishdan avval MAQSADlarini aniqlab olishar ekan. Siz ham ingliz tilini nima maqsadda o’rganayotganingizni quyidagi savollarni o’zingizga berish orqali aniqlab oling: - Nega men ingliz tili o’rganyapman? - Ingliz tili nega menga kerak? - Agar ingliz tilini o’rgansam men qanday yutuqlarga erisha olaman? - Soham uchun qay darajada kerakli? 2. Ingliz tilida qanday darajalar borligi bilan tanishib chiqing. Ingliz tili darajalarini o’z ichiga olgan xalqaro tizim yetti qismdan iborat: 1.Boshlang’ich daraja (Beginner — A0). Ushbu bosqichda o’quvchi noldan boshlab o’z ichiga alfavit, elementar iboralar va qoidalar, o’qishni qamrab olgan tilni o’rganadi. O’rganish deyarli noldan boshlanadi. Ushbu darajadan o’tgandan so’ng talaba odamlar ko’pincha uchrashganda bir birlariga beradigan savollarga mustaqil javob berishi mumkin. Masalan: ismingiz nima? Siz qayerda yashaysiz? Yoshingiz nechida? Sizning oilangiz qanday? Va hokazo. Shuningdek, talaba o’zi haqidagi ma’lumotlarni mustaqil ingliz tilida gapirib berishi va yuzga qadar hisoblashi mumkin. 2.Elementar daraja (Elementary — A1). @Linguabarno Boshlang’ich bosqichning asoslari o’rganilganidan so’ng, ingliz tilining muhim asoslari bilan tanishish boshlanadi. Bu yerda talabaga chuqurroq bilim olish va birinchi bosqichda olgan bilimlarini mustahkamlash imkoniyati beriladi. Talabalar o’zlari, qarindoshlari, oilaviy urf-odatlari, sevimli ovqatlari, uy hayvonlari va boshqalar haqida qisqa shaklda gapirishni o’rganadilar. Grammatika asoslari o’rganilib, olmosh turlari, modal fe’llar, sifatlar va ularni to’g’ri taqqoslash darajasi, shuningdek ot so’zlari toifalari va savollarning turli shakllari ko’rib chiqiladi. 3.O’rtadan past daraja (Pre-Intermediate — A2). Ushbu bosqichda tilni o’rganayotgan talabalar ba’zi iboralarni to’g’ri talaffuz qilishni bilishadi va ba’zi mavzular bo’yicha qisqacha muloqot qilishlari mumkin. Ushbu daraja tufayli talabalarning o’quv salohiyatlari sezilarli darajada oshadi, ular ko’proq amaliy mashqlarni bajaradilar va murakkab tuzilishga ega jumlalarni talaffuz qilishni o’rganadilar. Uchinchi darajada og’zaki nutqini muvaffaqiyatli o’zlashtirgan inson, o’z bilimlarini qo’llagan holda chet elga sayohatga chiqishi mumkin. 4. Orta daraja (Intermediate — B1). Ushbu daraja oldingi darslarda olingan barcha bilimlarni to’liq mustahkamlash uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari o’rganish uchun murakkab harakterga ega lug’at kiritiladi. Tog’ridan to’g’ri va bevosita nutqqa, fe’l va predloglarga, ergash gap, gaplardagim so’zlarning to’g’ri tartibiga va boshqalarga katta e’tibor beriladi. Ushbu darajada matnlar ko’proq ma’lumot va uzunroq tuzilishga ega bo’ladi. O’rta darajadagi bilimlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirgan kishi suhbatdoshni yahshi tushinishi va suhbatmi oson davom ettirishi mumkin. 5. O’rta darajadan yuqori (Upper Intermediate — B2). Beshinchi darajaga o’tib talabalar erkin muloqot qilishadi va ingliz tilini tushunishadi. Asosan, ushbu bosqich amaliy mashg’ulotlarga asoslanadi, nazariy mashqlar uchun juda kam vaqt ajratiladi. Ushbu daraja ta’lim va biznes sohasida keng talabga ega deb hisoblanadi. 6.Yuqori daraja (Advanced — C1). Tilni yaxshi bilishni istagan har bir kishi ushbu darajaga murojaat qiladi. Ilgari o’tilgan mavzular yuqori professional va aniq darajada ko’rib chiqiladi. Ular ko’plab adabiy janrlarni, atrof-muhit xususiyatlarini, huquqiy jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. 7. Super yuqori daraja (Mastery — C2). U ona tilida so’zlashuvchining eng yuqori darajasi hisoblanadi. Inson allaqachon ingliz tilining barcha asoslarini biladi va har qanday mavzuda erkin muloqot qila oladi. U uchun tor doiradagi intervyu berish yoki chet el universitetiga kirish uchun imtihon topshirish qiyin bo’lmaydi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling