Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

AVECO usuli materiallarning o‘rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo‘yicha har bir 
birlikning qiymati davr boshlarida o‘xshash birliklarning o‘rtacha o‘lchanadigan qiymatidan va davr 
mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O‘rtacha 
qiymat davriy asosda yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektda mavjud bo‘lgan vaziyatga ko‘ra, har bir 
qo‘shimcha yetkazib berish davomida hisoblanishi mumkin. 
FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi bo‘yicha 
baholanadi, so‘ngra ikkinchi partiya bahosi bo‘yicha va hokazo. FIFO usulida xom-ashyo, materiallar 


va tovarlar kelib tushish tartibi bo‘yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar 
tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past 
narxda sotib olinganligidan qat’iy nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini 
aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usulidan qo‘llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga 
erishiladi.
LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi partiya tannarxi bo‘yicha yoziladi, 
so‘ngra avvalgi partiya va hokazo. Zahirada qolgan materiallar qiymati hisobot davrining oxirida 
birinchi sotib olingan material tannarxi bo‘yicha hisoblanadi. LIFO usulidan foydalanish inflyatsiya 
davrida eng past foydani, deflyatsiya, ya’ni narxlarning pasayishi vaqtida eng yuqori foydani 
keltiradi.
Bir qancha mamlakatlarning soliq qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida 
bu usulni qo‘llash taqiqlanadi. Chunki bu usulda korxona foydasidan to‘lanadigan soliqni hisoblash 
bazasi kamayib ketadi. 
Misol. «Bobur» kompaniyasida yil davomida quyidagi materiallar sotib olindi: 
Sotib olish sanasi 
Miqdori 
Bir birlik 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling