Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

18 MAVZU. HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI 
18.1. Hisobdor shaxslar va xodimlar bilan turli muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida turli xo‘jalik topshiriqlarini va boshqa ishlarni bajarishlari 
uchun ayrim shaxslarga hisobi beriladigan pul beriladi. Ushbu pul summasini olgan xodimlar 
hisobdor shaxslar hisoblanadi. Hisobi beriladigan summalar xo‘jalik joylashgan hududda amalga 
oshiriladigan sarflar uchun ikki kundan oshmagan istehmolni qonldiradigan hajmda, xo‘jalik 
hududidan tashqaridagi sarflar uchun o‘n kundan oshmagan istehmol hajmida berilishi mumkin. 
xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar uchun hisobi beriladigan naqd pullar fermer xo‘jaligi 
boshqaruvining rahbpri va aktsionerlik jamiyatlari direktorining buyrug‘i(fermer xo‘jaligi 


rahbarining farmoyishi)ga muvofiq beriladi. Hisobi beriladigan pul miqdori xizmat safariga 
boradigan shaxsning borish va kelish yo‘l xarajati, sutkalik va xizmat safari muddatidagi yotoqxona 
xarajatlarining summasi hajmida bo‘lishi kerak. Hisobdor shaxslar olgan hisobi beriladigan pulni 
sarflaganliklari haqida topshiriqlarni bajarganlaridan so‘ng buxgalteriyaga bo‘nak hisoboti taqdim 
etishlari lozim.
Agar hisobdor shaxslardagi hisobi beriladigan summaning bir qismi sarflanmay qolgan bo‘lsa, 
uni xizmat safaridan qaytib kelishi bilan yoki xo‘jalik topshirig‘ini bajargandan so‘ng darhol korxona 
kassasiga topshirishlari lozim. 4220, 4230, Bu schyotlar debetida hisobdor shaxslarga beriladigan 
hisobi beriladigan summalar, hamda hisobdor shaxsning ortiqcha sarflangan pulini qoplash uchun 
berilgan summalar aks ettiriladi. Kreditida esa hisobdor shaxslarning avans hisobotiga muvofiq 
sarflagan summalarini hisobdan o‘chirish, hamda ishlatilmagan bo‘nak summalarinigng kassaga 
topshirilishi aks ettiriladi. Hisobi beriladigan pul kassadan berilganda va hisobdor shaxs tomonidan 
ortiqcha sarflangan pul qoplanganda 4220, 4230 va 4290 schyotlari debetlanadi va 5010-«Milliy 
valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditalnadi. 
Hisobdor shaxslarning sarflagan summalari 0710-0790, 1010-1090, 1110-1120 moddiy 
boyliklar schyotlari (hisobdor shaxslar sotib olgan moddiy boyliklar turiga qarab) yoki 2010, 2310, 
2510, 2610, 2710, 9410-9440 schyotlarining debetiga va 4220, 4230 va 4290 schyotlarining kreditiga 
yoziladi. 
Hisobdor shaxslar kassaga topshirgan, foydalanilmagan avans summalariga 5010-Milliy 
valyutadagi naqd pul mablag‘lari» va 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» debetlanadi va 
4220, 4230 va 4290 schyotlari kreditlanadi. 
4220, 4230, 4290 va 6970 schyotlar bo‘yicha muomalalarning sintetik va analitik hisobi 7-
ASK jurnal-orderda yuritiladi. 
7-ASK jurnal-order uyg‘unlashgan, yahni sintetik va analitik hisob bir vaqtda yuritiladigan 
registr bulib, unda yozuvlar chiziqli-pozitsiyali usulda amalga oshiriladi. Analitik hisobi har bir 
hisobdor shaxs bo‘yicha alohida yuritiladi.
7-ASK jurnal-orderning jami kredit oborotlari boshqa hisob registrlaridagi aloqa qiluvchi 
schyotlar bo‘yicha taqqoslanib, hamda «Qoplandi, fyodalanilmagan bo‘nak summalari ushlab 
qolindi» – degan grafaning jamini «Tasdiqlangan xarajat summasi» grafasining jamiga qo‘shish yo‘li 
bilan 4220-«Xizmat safariga berilgan bo‘naklar» schyoti kredit oborotining jami aniqlangandan so‘ng 
Bosh daftarga yoziladi.
Hisobdor shaxslar bilan xizmat safari xarajatlariga berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar 
tartibi Moliya Vazirligi va Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 29 avgustda 1268-son bilan 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichkarisiga xizmat 
safarlari to‘g‘risida yo‘riqnoma va Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 iyunda 932-son bilan 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqariga xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibi bilan tartibga 
solinadi.
Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarga so‘m yoki chet el valyutasi da bo‘nak beriladi. 
Quyidagilar xizmat safari xarajatlariga kiritiladi:
— 
yashash xaajatlari (turar joyni ijaraga olish bo‘yicha); 
— 
sutkalik xarajatlar; 
— 
transport xarajatlari (taksidan tashqari); 
— 
vakillik xarajatlari; 
— 
ko‘zda tutilmagan xarajatlar;
— 
xizmat safariga doir boshqa xarajatlar.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling