Fizika o‘qitishning ahamiyati va uning
Download 45.5 Kb.
|
12.Oquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish. Mustaqil ishlarning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darslik (kitob) bilan mustaqil ishlash.
- XULOSA
3.Oquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish. Mustaqil ishlarning turlari. 0quvchilarning mustaqil ishlari deganda oqituvchi topshirig'ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o'quvchilar bajarishlari tushuniladi. Bu vaqtda oqituvchi kuzatib, rahbarlik qilib turadi. Fizika oqitish jarayonida o'quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlarni bajarishlari mumkin: oquv va ma'lumotnoma adabiyotlar bilan ishlash; masala yechishda turli ish shakllari; laboratoriya amaliy ishlar; qidiruv elementiga ega bolgan frontal tajribalar; tarqatma materiallar bilan ishlash; kinematik sxemalar bilan ishlash; ortoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash; tajribalarni kuzatish va undan xulosalar chiqarish; asboblar va ko'rgazmalar tayyorlash va hokazo. Mustaqil ish qanday bolishidan qati nazar rahbarlik rolini oqituvchi bajaradi. U mustaqil ishning hajmi va mazmunini, darsdagi ornini, uslubini aniqlaydi, vazifa tuzadi, oquvchilarga yollanma beradi, oz-ozini nazorat qilishga orgatadi. Mustaqil ishlar oquvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi, ular bajara oladigan va qiziqarli bo'lishi lozim. Agar oqituvchi oquv jarayoniga muntazam ravishda turli korinishdagi mustaqil ishlarni kiritib borsa, oquvchilarda mustaqil ishlash konikma va malakasi shakllanib boradi. Darslik (kitob) bilan mustaqil ishlash. Darslik oquvchilar tomonidan fan asoslarini egallashlaridagi asosiy vositadir. Orta maktabda oqish davrida oquvchilar kitob bilan ishlaganda quyidagi konikma va malakaga ega bolib chiqishlari lozim: hodisalarning asosiy belgilarini, qonunlarning mohiyatini ajrata olishlari; rasm, chizma va grafiklardan foydalana olishlari; o'qiganlarining rejalarini tuza olishlari; oqiganlarini oz tillari bilan mantiqan ketm'a-ket va boshqa materiallar bilan toldirilgan holda bayon qila olishlari; mustaqil ravishda formulaning matematik kelib chiqishini tushuna olishlari; mundarija, nom va ism korsatkichlaridan foydalana olishlari; katalog bilan ishlay olishlari va bibliografiya tuza olishlari lozim. Kitob bilan va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichning vazifasi oquvchilarda kitob bilan ishlashning boshlangich konikma va malakasini hosil qilishdan iborat. Bunda oquvchilarga sodda matnlar berilib oquvchilar uni oqib, oqituvchi oldindan qoygan savollarga javob topadilar. Ikkinchi bosqichda murakkabroq masala qoyilib, oquvchilar oldindan tayyorlab qoyilgan, bir turdagi kopgina matnlarga oid bolgan umumlashtiruvchi rejalar asosida matn dagi asosiy fikrlarni ajratadilar. Hodisa, fizik kattalik va qonunlarning umumlashgan rejalari quyidagichadir. Maktablarda kop hollarda quyidagicha kechalar otkaziladi: qiziqarli fizika kechasi; fizika va texnikaning ayrim muammolariga bag'ishlangan kechalar, u yoki bu olimning hayoti va faoliyatiga bagishlangan kechalar, ijodiy mushoiralar va hokazo. XULOSA Xulosa ornida shuni aytish mumkinki avvalo oquvchilarni mustaqil ishlari deganda oqituvchi topshirigini maxsus ajratilgan vaqt mobaynida oquvchilar bajarishlari tushuniladi. Oquvchilarni fizikadan oquv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlarga orgatish orqali oquvchilarni fizika faniga qiziqishlarini oshirish. -Qoshimcha adabiyotlar bilan ishlashga orgatish. -Oquvchilarni mustaqil ishlar bilan ishlashlari orqali izlanishga undash. -Masala yechishda turli ish shakllaridan foydalanish. -Sxemalar bilan ishlash. -Labaratoriyalar bilan koproq mustaqil ishlash. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. BARKAMOL AVLOD OZBEKISTON TARAQQIYOTINING POYDEVORI. TOSHKENT. SHARQ 1998. 2. SADRIDDINOV N. FIZIKA OQITISHNING USLUBI ASOSLARI TOSHKENT.OZBEKISTON 2006. 3. V.G.RAZUMOVSKIY OQUVCHILARNI IJODIY QOBILIYATI OSTIRISH TOSHKENT. OQITUVCHI 1978. 4. FIZIKA OQITISH METODIKASI ASOSLARI. A.V. PYORISHKIN, V.G. RAZUMOVSKIY, V.A. FABRIKANT TAXRIRI OSTIDA. TOSHKENT .OQITUVCHI 1990. 5. AZIZXOJAYEVA N.N. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT TOSHKENT. OZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI ADABIYOT JAMGARMASI NASHRIYOTI 2006. 6. БЕСПАЛКО В.П. “СЛАГАЕМЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ТЕХНОЛОГИИ”МОСКВА. “ПЕДАГОГИКА” 1989. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling