Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka
tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi. 25.5. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliqni byudjetga to‘lash tartibi Yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari – o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun; 2) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik 275 shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi; 3) yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan e’tiboran ikki yilga; 4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi: 1) bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yo‘llari, sug‘orish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari; 2) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari, bundan xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar mustasno. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari jumlasiga davlat qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarining (ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo‘riqxonalari bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning yer uchastkalari kiradi; 3) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) – tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yer uchastkalari; 4) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) – aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yerlar; 5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy- madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar; 6) suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari hamda boshqa suv ob’ektlari sohillari bo‘ylab ajratilgan mintaqa yerlari kiradi; 7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar; 8) umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar; 9) madaniyat, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash ob’ektlari egallagan yerlar; 10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar; 11) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘llar stantsiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; 12) shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stantsiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar; 13) sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar; 276 14) aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stantsiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar; 15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stantsiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stantsiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stantsiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar; 16) magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stantsiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, tsirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar; 17) samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar; 18) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida; 19) konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’ektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida; 20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar; 21) yuridik shaxs balansida bo‘lgan va xo‘jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’ektlar egallagan yerlar; 22) ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‘rmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlarining va ovlanadigan qimmatbaho baliqlarning uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiladigan boshqa suv ob’ektlarining sohillaridagi, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqasidagi taqiqlangan mintaqalar; eroziyaga qarshi o‘rmonlar; cho‘l va yarim cho‘l mintaqalaridagi o‘rmonlar; shahar daraxtzorlari va o‘rmonzor bog‘lari; aholi punktlari hamda sanoat markazlari atrofidagi yashil mintaqalar daraxtzorlari; suv ta’minoti manbalari sanitariya muhofazasi mintaqalarining o‘rmonlari; kurortlarning sanitariya muhofazasi tegrasidagi o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmon massivlari; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik o‘rmonlar; 23) qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida; 24) melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga; 25) yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga. Kuzda o‘tkazilgan yangi ko‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o‘tkazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi; 26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va o‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning selektsiyasi o‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to‘lashdan ozod qilinadi. Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. Yer solig‘i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi. 277 Yer solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yil mobaynida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijara huquqi vujudga kelganida (bekor qilinganda), shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni ko‘paygan (kamaygan) yoki yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organiga yer solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer uchastkasi ajratilgan (olib qo‘yilgan) yoki imtiyoz huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart. Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga qadar taqdim etadi. Yer solig‘ini to‘lash yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yer solig‘ini to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 20 foizi; hisobot yilining 1 sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizi; hisobot yilining 1 dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling