Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar va soliqqa tortish ob’ekti


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

26.2. Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar va soliqqa tortish ob’ekti. 
Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar quyidagilardir: 
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar; 
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental 
xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari. 
Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish 
maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi: 
er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi 
yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat 
qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar; 
qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga 
belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; 


280 
qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash 
ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga 
oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni 
tashkil etadigan yuridik shaxslar. 
Yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yagona yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi. 
Quyidagilar yagona yer solig‘ini to‘lovchilar sifatida qaralmaydi: 
o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari; 
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari. 
Yer uchastkalari ijaraga (shu jumladan ichki xo‘jalik pudratiga) berilganida yagona yer 
solig‘ini to‘lash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasida saqlanib qoladi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling