Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga,
foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish ob’ektidir. Soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir. Yer uchastkalarining normativ qiymati belgilanmagan qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqaruvchilari uchun soliq solinadigan yer uchastkalari maydoni soliq solinadigan bazadir. Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga bo‘lgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yuridik shaxslarda yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab ko‘paytiriladi. 26.3. Yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliqni hisoblash tartibi. Soliqqa tortilmaydigan yer uchastkalariga quyidagilar kiradi: • qishloq aholisi yashaydigan joylardagi umumfoydalanishdagi yerlar; • ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; • sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, basseynlar, sportning texnik turlari ob’ektlari va boshqa jismoniy-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish joylari, sanatoriya va kurort muassasalari va dam olish uylari, o‘quv-mashq bazalari; • yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida bo‘lgan yerlar loyihada ko‘rsatilgan muddatidan, lekin ish boshlangandan boshlab 5 yildan oshmagan muddatga; • ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash ob’ektlari bilan band bo‘lgan yerlar; • tut ko‘chatlari o‘tkazilgan yer maydonlari 3 yil muddatga, qator oralariga qishloq xo‘jalik ekinlari ekilishidan qat’iy nazar; • O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortilmaydigan boshqa yerlar. Yagona yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: - yangidan tashkil etilgan qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari, jumladan fermer xo‘jaliklari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 2 yil muddatga; - daromad (foyda) va yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan boshqa qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari. Yagona yer solig‘ini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: Yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan boshlab ikki yil muddatga. Mazkur imtiyoz tugatilgan fermer xo‘jaliklari bazasida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga tatbiq etilmaydi; 281 ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib- taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling