Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
STAVKALARI Soliq solinadigan ob’ektlarning nomi Mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan soliq stavkasi (%da) Turar joylar, kvartiralar, dala hovli, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar 0,5 Izoh: 1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati bo‘lmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 16 800,0 ming so‘m, 271 boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 7 300,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. 2. Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‘lgan pensionerlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan eng kam miqdor umumiy maydonning 60 kv. metri hajmida belgilanadi. 3. Jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi ob’ektlari noturarjoy fond toifasiga o‘tkazilganda yoki ular tomonidan noturarjoy fond ob’ektlari (binolar, binodagi xonalar) mulk sifatida xarid qilinganda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi. Belgilangan muddatlarda ishga tushirilmagan va foydalanilmagan asbob-uskunalar uchun korxonalar mol-mulk solig‘ining stavkasini ikki barobar ko‘paytirib to‘laydilar. Qurilishdagi tasdiqlangan korxonani qurish muddati me’yori har bir ob’ekt bo‘yicha texnologik va boshqa asbob-uskunlarni ishga tushirish va montaj qilish grafigi bo‘lishi shart. Shunga qarab o‘z vaqgida ishga tushirilmagan mulklar aniqlanadi. O‘zimizning va import qilingan asbob-uskunalarning yetkazib berish va montaj qilish grafigi quyidagi ishga tushirish muddatlarini e’tiborga oladi. 1. Nomlar ro‘yxati va yetkazib berish grafigi hamda, reja bo‘yicha montaj qilishga qadar yirik texnologik va elektroenergiya asbob-uskunalari. 2. 6 oydan ortiq bo‘lmagan texnologik liniyalar, boshqa umumzavod asbob-uskunalari. 3. Bir yiddan ortiq bo‘lmagan muddatda ishga tushirilishi rejalashtirilgan import asbob- uskunalar komplektini montaj qilish. 4. Tarqoq import asbob-uskunalari va kabel mahsulotlari rejalangan muddatda, lekin 6 oydan oshiq bo‘lmagan davrda montaj qilinishi kerak. Montaj qilish me’yori va grafigi yo‘q bo‘lsa, asbob-uskunalar uchun quyidagi muddatlar belgilanadi: —ishlab chiqarish ob’ektlari belgilanishiga qarab o‘zimizda tayyorlangan va import qilingan asbob-uskunalar ishga tushirilmasa, sotib olingan oydan so‘ng bir yil muddat o‘tishi bilan; —noishlab chiqarish belgilanishiga qarab ob’ektlar bo‘yicha sotib olingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tsa; Montaj qilish talab etuvchi xo‘jalik inventarlari va asbob-uskunalar bo‘yicha sotib olgan kundan boshlanadi. Ana shu mudtsatlardan so‘ng asbob-uskunalar montaj qilinsa yoki foydalanilmasa stavkasi ikki marta ko‘paytirilib soliq to‘lanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling