Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
MAVZU. YAGONA SOLIQ TO`LOVI VA IJTIMOIY JAMG`ARMALARGA
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
28 MAVZU. YAGONA SOLIQ TO`LOVI VA IJTIMOIY JAMG`ARMALARGA MAJBURIY TO`LOVLAR 28.1. Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishning ahamiyati va yagona soliq to‘lovchilar. O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechishda, shu jumladan, bozorlarni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishda, aholining ish bilan bandligini ta’minlashda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish kichik biznesning ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishda davlatning katta yordami tufayli kichik biznes korxonalari o‘zining katta imkoniyatlarini ishga solishi mumkin. Ularga davlat yordam berishi, kafolatlashdan tashqari ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishga ruxsat berishlik — ularni tashkil qilish, moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ixchamlashgan soliq tizimining ahamiyati juda kattadir. Bu faqat soliqlarning ixchamlanganligida emas, balki hisob xodimlari uchun vaqg va pul xarajatini kamaytirish, soliqlar va yig‘imlardan tqlanadigan moliyaviy jazolarni kamaytirish imkonini beradi. Kichik korxonalar uchun ilgarigi umumdavlat va mahalliy soliqlar, yig‘imlar o‘rniga yagona soliqning o‘rnatilishi soliq hisobi tuzishni osonlashtirdi, ilgarigi ko‘p soliq hisoblari va dalolatnomalar o‘rniga yagona soliq hisobi beriladigan bo‘ldi. Aktsizga tortilgan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar aktsiz solig‘ani ham to‘laydilar. Kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lashga o‘tish ixtiyoriydir. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash" to‘g‘risidagi +aroriga amal qilinadi (1998 yil 15 aprel, 159-son). Ixchamlashtirilgan soliq to‘lashga o‘tgan kichik korxonalar uchun quyidagi to‘lovlarni to‘lash tartibi saqlanib qolingan: — aktsiz solig‘i; — boj to‘lovlari; — davlat boji; — byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar (pensiya fondi, bandlik va yo‘l fondlari); — birja bitimlari yig‘imi; — maxsus tovarlarni sotish huquqi olish litsenziya yig‘imi; — mahalliy auktsionlar va lotoreyalar o‘tkazish huquqi olish litsenziya yig‘imi; — savdo qilish huquqi olish yig‘imi; 306 — avtotransport turar joyi yig‘imi; Korxonada ishlovchilar soni cheklangan me’yordan oshmagan yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. Bunga faoliyat ko‘rsatuvchi hamma mulkiy shakldagi korxonalar kiradi. Demak, kichik korxona me’yori faqat ishlovchilar sonigagina qaralib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va daromad mikdori e’tiborga olinmaydi. Shu yerdan ko‘rinib turibdiki, davlat ko‘p mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar, xizmatlar bajaruvchi kichik korxonalarni iqtisodiy rag‘batlantiradi. Savdo tashkilotlari faoliyat turiga qarab ulgurji, cha-kana savdo va ovqatlanish korxonalariga bo‘linadi. Ular statistika idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladilar. Ularning har biriga o‘sha ro‘yxatdan kod belgilangan. Ularning kodi 71000 — 72100 gachadir. Mulk shakliga qarab: xususiy, aktsiyadorlik va davlat savdo tashkilotlariga bo‘linadi. Demak, savdo tashkilotlarini soliqqa tortish masalalarini yechishda korxonalarning kodi va faoliyat turiga e’tibor beriladi. Savdo tashkilotlarida muomala xarajatlarini kamaytirishga qiziqishni oshirish maqsadida ularning soliqlarini ixchamlashtirish, soliqparning to‘liq tushishini tashkil qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining "Savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish ti-zimini takomillashtirish to‘g‘risida" degan Farmoni qabul qilindi. Shu Farmonga binoan savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalari 1999 yil 1 yanvardan boshlab umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod etildi: Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar quyidagilardir: 1) mikrofirmalar va kichik korxonalar: 2) xodimlarning sonidan qat’i nazar: savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar; lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar. Yagona soliq to‘lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi: aktsiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga; yagona yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliq to‘lash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga; mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga. Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar kiradi. Bunda: xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi; xodimlarning o‘rtacha yillik sonini aniqlashda o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar (sho‘‘ba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi; yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiritishda yuridik shaxsning asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga to‘g‘ri keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi. Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar kiradi. Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi: o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish; vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish; 307 tayyorlov va ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish. Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat tushuniladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling