Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


pensiya ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 444-sonli qarori bilan


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

pensiya ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 444-sonli qarori bilan 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va mablag‘ to‘liq tushishi ustidan 
nazorat qilish funktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi va 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar soliqlarga tenglashtirildi. Pensiya 
jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari har yili O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma byudjeti 
tarkibiga kiritiladigan bo‘ldi hamda Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab 
chiqish va to‘lash tartibi buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan moliyaviy 
jazolar qo‘llanilishi, shu jumladan to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya hisoblanishi 
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yildi.
Soliq kodeksining 312-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan 
yuridik shaxslar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani to‘lovchilari 
hisoblanadi. 
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra notijorat tashkilotlar (bundan ularning tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno), yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yuridik 
shaxslar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning to‘lovchilari 
hisoblanishmaydi. 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning ob’ekti va bazasi 
quyidagicha belgilanadi: 
-Vositachilik, topshiriq shartnomalari va vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga doir boshqa 
shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar - QQS chegirilgan 
holda, vositachilik haqi summasidan; 
-tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari - QQS chegirilgan holda tovar aylanmasi hajmidan; 
-ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji 
baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari - yalpi 
daromaddan; 
-“O‘zdonmahsulot” AK korxonalari (g‘alla qabul qilish korxonalari va don qabul qilish 
faoliyatini amalga oshiruvchi donni qayta ishlash korxonalari) - QQS chegirilgan holda ta’minot-
sotish ustamasi va chegirmasidan; 
-kredit va sug‘urta tashkilotlari – daromaddan; 
-moliyaviy ijara (lizing) xizmatlarini ko‘rsatadigan korxonalar - foizli daromaddan; 
-kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari - mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
sotilishi hajmidan, QQSni va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun - issiqlik energiyasi, suv 
ta’minoti korxonalari uchun - suv, gaz ta’minoti korxonalari uchun - tabiiy gazning xarid qiymatini 
chegirgan holda; 
-qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va 
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari - QQSni chegirgan holda o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan; 
-iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari - mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi hajmidan - 
QQS va aktsiz solig‘ini chegirgan holda. 
Yuridik shaxslar bir necha xil ob’ektlarga ega bo‘lgan hollarda, ular ob’ektlarning alohida-
alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart. 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma 2009 yil 1 yanvardan 1,0% 
miqdorida belgilangan. 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning 
hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy 


313 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling