Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Mustaqil o‘rganish uchun savollar
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
1) Buxgalteriya hisobi schyotlari deb nimaga aytiladi? 2) Buxgalteriya hisobi schyotlari qaysi buxgalteriya hisobining milliy standarti bilan tartibga solinadi? 3) Buxgalteriya hisobi schyotlari necha qism va bo‘limni o‘z ichiga oladi, ularni aytib bering? 4) Aktiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 371 5) Passiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 6) Tranzit schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 7) Kontr-aktiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 8) Kontr-passiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 9) Ikki yoqlama yozuv deb nimaga aytiladi? 10) Sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomostining mazmunini tushuntirib bering? 2.2-mashq. Dastlabki hujjatlarni to‘lg‘azish «Turon» agrofirmasi sabzavotchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xo‘jalikning joylashgan manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘nqo‘rg‘on qishlog‘i. Hisob raqami №: 20346200150840021301 Turonbankning Toshkent viloyat Qibray tumani bo‘limida. Turon agrofirmasi raisi-B.B.Tolibov. Bosh buxgalter- D.SH.Abdullayev Bosh agronom – R.A.Sattorov Bosh zootexnik – B.S.Ibragimov Buxgalter – T.Y.Qosimov Bosh injener – R.X.Yunusov Ekspeditor – I.S.Aliyev Ustaxona mudiri – S.A.Nabiyev Ekspeditor – A.A.Aripov Dispetcher – P.G.Nazarov Mexanik – I.T.Baxromov Ombor mudiri – B.T.Tursunov. Изоҳ: машқни бажараётганда етишмаган айрим зарур реквизитларни мустақил ҳолда белгиланг. 1-guruh uchun: Ishonchnomani to‘ldirish Quyidagi ma’lumotlar asosida tovarlarni olish uchun ishonchnoma to‘ldiring, ishonchnomaning asosiy rekvizitlarini va uning qaysi guruhga tegishliligini aniqlang: Ishonchnoma «Turon» agrofirmasi vakili – ekspeditor Aliyev Islom Safarovichga (pasport seriyasi CV №7450045, 17.10.1998 yil Toshkent viloyati Qibray tumani IIB tomonidan berilgan) «O‘zagrokimyota’minot» AJ Toshkent viloyati bo‘limidan 2 tonna mineral o‘g‘it olish uchun 3.12.20....da berilgan. Ekspeditor Aziz Alimovich Aripovga (pasport seriyasi CV №2310653, 17.10.2000 yil Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan berilgan) «Sabo» MCHJdan (Buxoro shahrida joylashgan) qurilish materiallari olib kelish 4.12.20....da berilgan. 2-guruh uchun: Kassa kirim va kassa chiqim orderlarini to‘ldirish hamda kassir hisobotini tuzish Quyidagi ma’lumotlar asosida kassa kirim orderini to‘ldiring, uning asosiy rekvizitlarini yozing va hujjatlar klassifikatsiyasi bo‘yicha guruhini aniqlang. 02.12.20.....ga kassirning hisoboti. 02.12.20.....ga kassadagi qoldiq – 10 470 so‘m. 02.12.20.....dagi muomalalar: T.T.Karimovdan realizatsiyadan tushum kirim qilindi – 23 250 so‘m. 372 Xizmat safari va ish haqi uchun naqd pul olindi – 200 860 so‘m I.S.Aliyevga xizmat safari uchun hisobi beriladigan pul berildi – 15 000 so‘m A.A.Aripovga xizmat safari uchun – 60 000 so‘m №5-vedomost bilan ish haqi tarqatildi – 125 860 so‘m Kassadagi pul e’lon hujjati bo‘yicha bankka topshirildi – 33 720 so‘m Yuqoridagi muomalalar bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘lg‘azing va ularga asoslanib kassir hisobotini tuzing hamda xo‘jaldik muomalalariga buxgalteriya provodkasini tuzing. 3-guruh uchun: Xizmat safari guvohnomasi va bo‘nak hisobotini tuzish Belgilangan shaklda Buxoro shahriga xizmat safariga borib kelish uchun xizmat safari guvohnomasini va bo‘nak hisobotini tuzing. Xizmat safari guvohnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: Toshkentdan ketdi – 04.12.200_, Buxoroga keldi – 04.12.200_, Buxorodan ketdi – 8.12.20...., Toshkentga keldi – 8.12.20..... Taqdim qilindi: 1) biletlar: Toshkent – Buxoro – 7 200 so‘m, Buxoro – Toshkent – 7 200 so‘m; 2) 04.12.20.....dan 9.12.20..... kunlari uchun mehmonxona xarajatlari - 5600 so‘m (sutkasiga). 3. Sutkalik xarajatlari belgilangan normativ bo‘yicha. 4. Transport xarajatlari – 7 800 so‘m (biletlari ilova qilingan). Xodimga xizmat safari uchun 60000 so‘m berilgan. 2.3-mashq. Buxgalteriya hujjatlarini turkumlash. Quyida keltirilgan hujjatlarni tayinlanishi, tuzish joyi va aks ettirish usuliga ko‘ra turkumlang: 1-guruh uchun: 1-variant Avans hisoboti Kassir hisoboti Tovar-transport yuk xati Limit-zabor kartasi Kassa kirim orderi To‘lov vedoosti To‘lov topshiriqnomasi Inventarizatsiya ro‘yxati Qiymatliklarni tekshirish natijasi dalolatnomasi Asosiy vositalarni qabul qilish- topshirish dalolatnomasi Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling