Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifalari
- Fanning tarkibi (davomiyligi, oqitish usullari, soatlar taqsimoti)
Fanning maqsadi Fanni o’qitishdan maqsad - buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv, xo’jalik muammolarini hisobga olish, dastlabki hujjatlarni yuritish, amaldagi soliqlarning mohiyati, zarurligi va funksiyalari, soliq tizimi va soliqlarning guruhlanishi, qishloq xo’jalik korxonalarining soliq tizimi, soliqqa tortish usullari haqida zarur bo’lgan bilimlarni berish. Fanning vazifalari - talabalarga buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, buxgalteriya balansi uning tuzilishini, xo’jalik jarayonlarini hisobga olish va ularning natijalari asosida hisobot tuzish to’g’risidagi bilimlarni, soliq tizimi va soliqlarning guruhlanishi, soliq elementlari va qishloq xo’jalik korxonalari to’laydigan soliqlar hamda ularni hisoblash tartibini, soliq hisobotlarini topshirish va to’lash muddatlarini o’rgatishdan iborat. Fanning tarkibi (davomiyligi, o'qitish usullari, soatlar taqsimoti) Talabalarning Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg’ulot darslarida mos ravishdagi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Fanni o’rganish jarayonida talaba quyidagi natijalarga erishishi lozim. Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti, metodi va usullari; - buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning me’yoriy-huquqiy asoslari; - aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini yuritishning asosiy qoidalari; - buxgalteriya hisobi axborotlarini yig’ish, ishlov berish va ularni taqdim etish; - soliqlarning mohiyati, zarurligi va funksiyalari; - soliq tizimi va soliqlarning guruhlanishi; - qishloq xo’jalik korxonalarining soliq tizimi; - soliqqa tortish usullari haqida tasavvurga ega bo’lishi; - buxgalteriya hisobining usullarini; - buxgalteriya hisobining schyotlari va ikki yoqlama yozuvni; - hujjatlashtirish va inventarizasiyani; - buxgalteriya hisobi registrlari va shakllarini; - aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini tashkil etishni; - xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobini yuritishni; - daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda moliyaviy natijalarni aniqlashni; - moliyaviy va statistik hisobotlarni tayyorlash va tuzishni; - qishloq xo’jalik korxonalari soliq obyekti, soliq stavkalari, soliq imtiyozlari va soliqlarni hisoblash va to’lash muddatlarini; - jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni bilishi va ulardan foydalana olishi; - buxgalterya hisobini tashkil etish, yuritish, moliyaviy va boshqa hisobot shakllarini tuzish hamda soliqqa tortish bo’yicha ko’nikmalariga ega Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling