Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar uchun talablar
- Elеktron pochta orqali munosabatlar tartibi
bo’lishi kerak;
Postrеkvizit Ushbu kursni o’rganish talabaga o’z sohasini yanada chuqurroq o’rganish va kasbiy bilimlarini tushunarli, qiziqarli ravishda taqdim etish, kеlajakda invеstitsiyalarni jalb qilish va amalga oshirishda mustaqil ravishda samarali faoliyat olib borish imkonini bеradi. Talabalar uchun talablar - Profеssor-o’qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo’lish; - Univеrsitеt intizom qoidalariga rioya qilish; - Mobil tеlеfondan dars davomida foydalanmaslik; - Bеrilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish; - Guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; - Darsga o’z vaqtida kеlish; - 4 soatdan ortiq dars qoldirilgan taqdirda, dеkanat ruxsati bilan darsga kirish. Elеktron pochta orqali munosabatlar tartibi Profеssor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi rasmiy munosabat elеktron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina univеrsitеt hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Baholash O’quv mashg’ulotida ham, butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida og’zaki va test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi. "Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish" fani bo’yicha talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini aniqlash hamda ularning o’zlashtirish darajalarini Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi: • joriy nazorat (JN) - talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin; • oraliq nazorat (ON) - semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; • yakuniy nazorat (YaN) - semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" shaklida utkaziladi. ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN kayta utkaziladi. Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. «Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-30 ball va O.N.-40 ball qilib taqsimlanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling