Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Tuzilgan joyiga ko‘ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. 
Hisob yozuvlari qatorlarining soniga ko‘ra hujjatlar bir qatorli (Materiallarni olish uchun 
talabnoma, kassa chiqim orderi) yoki ko‘p qatorli (limit-zabor kartasi, hisoblashuv-to‘lov 
qaydnomasi, to‘lov qaydnomasi va h. k.) bo‘lishlari mumkin. 
Bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar unifikatsiyalangan va boshqa 
hujjatlarga bo‘linadi. 
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish unifikatsiyalangan dastlabki hujjatlarni va ularning 
elektron vyersiyalarini ishlab chiqish hamda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi. 
To‘ldirish usuliga ko‘ra buxgalteriya hujjatlarini qo‘lda tuziladigan, yozuv mashinkasida va 
kompyutyerda tuziladigan (elektron) hujjatlarga bo‘lish mumkin. 
Qo‘lda tuziladigan hujjatlarga asosan ichki hujjatlar kiradi. Ularga birinchi navbatda qo‘lda 
tuziladigan har xil jadvallar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash 
jadvallari, hamda yig‘ma qaydnomalar va boshqalar kiradi. 
Yozuv mashinkasida tuziladigan hujjatlar ko‘pincha maketlangan kartalar ko‘rinishida 
bo‘ladi. Bunda gap hujjatlarni ko‘rsatilgan usullar bilan to‘ldirishda emas, balki xo‘jalik 
muomalalarini yozuv mashinkalarida, ko‘proq texnik vositalarida to‘ldirish to‘g‘risida bo‘ladi. Shu 
maqsadda har xil priborlar va moslamalar qo‘llaniladi: schotchiklar, avtomatik tarozilar, o‘lchagich 
idishlar, elektr va boshqa yozuv mashinalari va x.k. 
Hujjatlarga ishlov berishning eng takomillashgan usuli shaxsiy elektron hisoblash 
mashinalarini (ShEHM) qo‘llash bilan bog‘liq. 
Elektron hujjat deb elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan 
hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega 
bo‘lgan axborotga aytiladi. 
Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. 
Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb 
tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. 


Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi bo‘lishi mumkin.
Elektron hujjatning qog‘oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va 
saqlanadi. 
Ta'kidlash joizki, buxgalteriya hujjatlari yuqorida ko‘rib chiqilgan tasnifiy belgilar bo‘yicha 
guruhlanganida bitta hujjat ayni paytda bir necha guruhlarga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, 
kassa chiqim orderi kassir uchun isbotlovchi hujjat bo‘lsa, ayni paytda korxona rahbariyati uchun 
kassadan pul mablag‘larini berishga asos bo‘luvchi farmoyish hujjati, shuningdek, dastlabki, bir 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling