, (4)
Bu model; aktiv va passiv moddalari bir xil summaga kamayganda, shu summaga aktiv va
passivdagi summalar yig‘indisi ham kamayadi, aktiv va passiv tengligi esa buzilmaydi deb o‘qiladi.
Demak, xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan to‘rt tip o‘zgarishlarni
yuqorida ko‘rib chiqilgan to‘rtta matematik model orqali ifodalash mumkin ekan.
Ko‘rib chiqilgan to‘rtta xo‘jalik muomalasi balansda ro‘y beradigan barcha o‘zgarish turlari
uchun misol bo‘la oladi. Demak, korxonada qancha xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lishidan qat'iy nazar,
ular to‘rt tipga bo‘linadi:
I tip. Aktiv moddalaridagi o‘zgarish (aktivda ko‘payish va aktivda kamayish) – balans jami
o‘zgarmaydi.
II tip. Passiv moddalaridagi o‘zgarish (passivdagi ko‘payish va passivdagi kamayish) –
balans jami o‘zgarmaydi.
III tip. Aktiv va passiv moddalarida ko‘payishga olib keluvchi o‘zgarishlar (aktiv va passiv
bir xil summaga ko‘payadi).
Do'stlaringiz bilan baham: