Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

12.3. Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi 
Korxonalarda tayyor mahsulot hisobi vazifalarini aniq tashkil qilish maqsadida ular 
omborda va buxgalteriyada hisobga olib boriladi. 
Pirovard, iste’molga yaroqli bo‘lgan mahsulot texnik nazorat bo‘limi tomonidan 
tekshirilgandan so‘ng omborga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga qabul qilishda topshirish 
nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi 
tsex, topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning soni, reja tannarxi va tegishli 
moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko‘rsatiladi. O‘abul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot 
topshirish vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yoki xizmatlar qabul qilish-topshirish 
dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor 
ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida 
mahsulot harakati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi. 
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usulida tashkil qilinadi, ya’ni 
har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (№ M-17-
shakl). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq ombor xodimi hujjatlar 
asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab 
qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan hujjatlarni qabul qilib olishi kerak 
(qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruq-nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi).
Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzosi 
bilan tasdiqlanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalari asosida har oyda tayyor 
mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi 
vedomostini to‘ldiradi. Bu yerda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. 
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalar rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar 
ombor varaqalariga yozilganidan keyin buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar tekshiriladi, 


guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul 
shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi: 
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» 
2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot» 
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot». 
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» hisobvarag‘i korxonaning omborida mavjud bo‘lgan 
tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu hisobvaraqning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa 
hisobvaraqlarning krediti bilan korrespondentsiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor 
mahsulotlar qiymatini ifodalaydi. 
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-qaydnomada 
yuritiladi. Bu qaydnoma to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib ular quyidagilardir: 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling