Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Sabzavot, ho‘l meva va kartoshkani qayta ishlash


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 
Sabzavot, ho‘l meva va kartoshkani qayta ishlash. sabzavot, mevalar va kartoshkani 
qayta ishlashdan olingan konsyervalar, tez muzlatilgan mahsulotlar, tuzlangan va achitilgan 
mahsulotlar, quritilgan kartoshka va sabzavotlar, quruq mevalar va sharbatlar tannarx hisoblash 
obekti bo‘lib hisoblanadi. 
Sabzavot, mevalar va kartoshkani qayta ishlashdan olingan mahsulotlar tannarxi har bir 
mahsulot turini tayyorlash uchun ketgan xarajatlar summasidan tashkil topadi. Bunda har bir 
mahsulotni qayta ishlash uchun ochilgan analitik schotlarda qilingan xarajatlar yig‘ib boriladi va 
xarajatdan xo‘jalikda ishlatiladigan chiqitlarning qiymati (silos ekinlari ko‘k massasi ozuqa 
birligining reja tannarxida baholanib) chegirib tashlanadi. Qolgan summani olingan tayyor 
mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan mahsulot birligining tannarxi aniqlanadi. 
Meva-sabzavot konsyervalari va sharbatlar tayyorlashda ming shartli bankamahsulot 
tannarx hisoblash obekti bo‘lib hisoblanadi. 
Har bir tayyorlangan mahsulot turini shartli mahsulotga o‘tkazish uchun koeffitsientlardan 
foydalaniladi. Bu koeffitsientlar bir banka yoki shishaga solingan mahsulot massasi va ularning 
hajmiga bog‘liq. Masalan, 0,5 l hajmdagi bankada konsyervalangan bodring uchun 1,53, 1 l 
hajmdagi uchun 2,83 va3 l hajmdagi bank auchun 8,48 koeffitsientlar qo‘llaniladi. Ming shartli 
banka tannarxini hisoblash uchun har bir mahsulot turiga sarflangan xarajatlar summasini 
tayyorlangan shartli banka miqdoriga bo‘lish kyerak. 
 
Sutni qayta ishlash. Sutni qayta ishlashdan olingan sariyog‘, qaymoq, tvorog, kefir va 
pishloq tannarx hisoblash obekti hisoblanadi. Sutni qayta ishlashdan olingan ayrim turdagi 
mahsulotlar tannarxini hisoblash uchun qayta ishlashga sarflangan xarajatlarning umumiy 
summasidan foydalansa bo‘ladigan ayron, zardob va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar qiymati 
chegirib tashlanib, qolgan summa ayrim mahsulot turlariga ularning xarid narxi bo‘yicha 
aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Hisobning bunday soddalashtirilgan usuli sutni qayta ishlab chiqarish hajmining unchalik 
katta bo‘lmagan hollarida qo‘llanilishi mumkin.
Sutni qayta ishlash xo‘jalikda doimiy ishlab turuvchi ishlab chiqarish mavjud bo‘lgan 
holda xarajatlar hisobi quyidagi bosqich (qayta ishlash) lar bo‘yicha yuritiladi: sutni qaymoqqa 
aylantirish, yog‘i olingan olingan sutni yog‘siz tvorogga aylantirish, qaymoqni yog‘ga aylantirish 
va boshqalar. Bunda har bir qayta ishlashga analitik schot ochiladi. Sex sarflari alohida hisobga 
olinadi. Sutni qayta ishlash bo‘yicha asosiy xrajatlar va sex sarflarini hisobga olish belgilangan 
xarajat moddalari bo‘yicha yuritiladi.
Sut mahsulotlari tannarxini hisoblab chiqarish ishlab chiqarishning har bir bosqichi 
bo‘yicha hisobga olingan xarajatlar va mahsulotning chiqishi ma’lumotlari asosida amalga 
oshiriladi.
Birinchi qayta ishlash bosqichida qaymoqning tannarxi qayta ishlab chiqariladi. Buning uchun 
uning qayta ishlashdagi xarajatlar umumiy summasidan (qo‘shimcha xarajatlar summasi ham shu 


hisobga kiradi) realizatsiya narxlarida qaymog‘i olingan sut qiymati chiqarib tashlanadi va qolgan 
xarajatlar summasi qaymoqdan olingan asosiy mahsulot soniga tegishli bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda sariyog‘ tannarxi hisoblab chiqiladi. Buning uchun taqsimlangan 
qo‘shimcha sarflarni ham hisobga olingan holda qayta ishlashda hisobga olingan xarajatlar 
summasidan qo‘shimcha mahsulot – ayronning belgilangan narxlardagi qiymati chiqarib 
tashlanadi va qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot – sariyog‘ga tegishli bo‘ladi.
Xarajatlarni alohida hisobga olish mavjud bo‘lgan boshqa qayta ishlashlar bo‘yicha ham 
mahsulot tannarxi mana shunday yo‘l bilan aniqlanadi (pishloq, yog‘li tvorog, quyultirilgan sut 
ishlab chiqarish). 
Sutni qayta ishlab chiqarishda sut xom-ashyosining (sut, qaymoq, yog‘i olingan sut) sarfini 
va tayyor mahsulotning chiqishini doimiy nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Sut va sut 
mahsulotlarini qayta ishlash qaydnomalari (124-shakl) mana shu maqsadda yuritiladi. Ularda 
xronologik izchillikda qayta ishlov berishga kelgan sut mahsuloti, qayta ishlashdan keyin olingan 
sut mahsulotlari nomi, ularning soni va yog‘ning miqdorini qayd qilinadi. Qaydnomaning orqa 
tomoni ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblab chiqish uchun foydalaniladi. Sutni qayta 
ishlashdan olingan mahsulotlar sarfi ham mana shu yerda aks ettiriladi. Bunda mahsulotning 
qayerga, kimga berilganligi, hujjatning tartib nomyeri, soni, yog‘ining miqdori ko‘rsatiladi. 
Qaydnoma asosida har kuni xom ashyo sarfi va tayyor mahsulotning chiqishi nazorat qilinadi.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling