Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot olinishining dastlabki, analitik va


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

11.6.1. Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot olinishining dastlabki, analitik va 
sintetik hisobi 
Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olishda xilma-xil 
dastlabki hujjatlar va hisob registrlari qo‘llariladi. 
Bajarilgan ish va sarflangan mehnatni hisobga olish ishbay ishlar uchun naryad (70 va 70a-
shakllar)ga asosan amalga oshiriladi. 
Salloqxonalarda mollarning so‘yilishini rasmiylashtirish uchun asosiy podadagi chorva 
molini brakka chiqarish dalolatnomasi (№57 shakl), chorva mollari va parrandalarni hisobdan 
chiqarish dalolatnomasi (№100 shakl) chorva mollarini tarozida tortish qaydnomasi (boquvdagi 
yosh va katta yoshdagi mollarni so‘yish paytida) kabi dastlabki hujjatlardan foydalaniladi. 
So‘yishdan olingan mahsulotni hamda mahsulotning tayinlanishi dalolatnomaning orqa 
tomonidaga shu mahsulotni omborga topshirishga asos bo‘lgan nakladnoy raqamini ko‘rsatgan 
holda yoziladi. 
Sutni va sut mahsulotlarini qayta ishlashni har kuni hisobga olish uchun sut va sut 
mahsulotlarini qayta ishlash qaydnomasi (№124-shakl) da foydalaniladi. Bu qaydnoma sutni 
qayta ishlash punktining boshlig‘i tomonidan ikkita nusxada to‘lg‘aziladi. Qaydnomaning birinchi 
nusxasida qayta ishlash uchun berilgan sut va sut mahsulotlarining nomi, miqdori, sifati, ikkinchi 
nusxasida esa qayta ishlashdan olingan mahsulotlar xuddi shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha yozib 
boriladi. 


Xo‘jalik tegirmon va juvozxonalarda don yanchish (maydalash) pattasi (kvitansiyasi) 
(122-shakl) dastlabki hujjat bo‘lib hisoblanadi. U tegirmon (juvozxona) boshlig‘i tomonidan don 
olingan vaqtda ikki nusxada to‘lg‘aziladi. Birinchi nusxasi yanchish uchun don topshirgan shaxsga 
beriladi, ikkinchisi esa tegirmon (juvozxona)da qoladi. 
Sabzavot va mevalarni qayta ishlash uchun sarflangan xom-ashyo, materiallar, idishlar va 
boshqa materiallar, shuningdek, olingan tayyor mahsulotlarni rasmiylashtirishda mahsulotni qayta 
ishlash to‘g‘risidagi hisobot (123-shakl) tuziladi. Bu hisobot ilova qilingan hujjatlar bilan birga 
buxgalteriyaga topshiriladi. Hisobot ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limida qayta 
ishlash uchun qabul qilingan xom-ashyo va Materiallar ko‘rsatilsa, ikkinchi bo‘limida ishlab 
chiqarilgan tayyor mahsulotlar aks ettiriladi. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan hujjatlar, shuningdek «Ish va xizmatlarni hisobga olish jurnali» 
ma’lumotlari asosida sex boshlig‘i oy oxirida sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ishlab chiqarish 
hisoboti to‘lg‘azadi. Buxgalteriyada tekshirib qabul qilingan ishlab chiqarish hisoboti 
ma’lumotlari 10-ASK jurnal-orderidagi tegishli schotlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Sanoat ishlab chiqarishiga xarajatlar qilinganda 2030-«Sanoat ishlab chiqarish» schoti 
debetlanib quyidagi schotlar kreditlanadi: 
0500-"Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schotlar" (0510-0590) nomoddiy 
aktivlarga hisoblangan eskirish summasiga; 
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – sarflangan xom-ashyo va 
Materiallar qiymatiga; 
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti - qayta ishlashga berilgan tayyor mahsulotlar 
qiymatiga; 
9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schoti – o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining shartnoma bahosiga; 
6710 – «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schoti – hisoblangan 
mehnat haqi summasiga va boshqa schotlar. 
Qayta ishlash uchun boshqa tashkilotlar va aholidan qabul qilingan Materiallarga ishlov berish 
tannarxini aniqlash uchun alohida analitik schotlarda hisobga olingan xarajatlarni qabul qilingan 
Materiallar hajmiga bo‘lish kyerak. 
Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari reja tannarxida qabul qilinganda 2030 schot 
kreditlanib quyidagi schotlar debetlanadi: 
1010 – schot o‘z ishlab chiqarishi uchun xom-ashyo va Materiallar sifatida kirimga olingan 
mahsulotlar qiymatiga. 
2810 – schot – sotish va qisman o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan sanoat mahsulotlari 
qiymatiga; 
9720 – schot – tabiiy ofatlar oqibatida to‘liq nobud bo‘lgan sanoat ishlab chiqarish 
mahsulotlari uchun qilingan xarajatlar summasiga. 
Yil oxirida mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng uni reja tannarx darajasiga 
yetkazib qo‘yiladi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling