Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Asalarichilik mahsulotlari tannarxini hisoblash
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.5.7. Asalarichilik mahsulotlari tannarxini hisoblash Asalarichilikdan asosan asal olinadi va qishloq xo‘jalik ekinlarini changlatishda foydalaniladi. Bu tarmoqda olinadigan asal, mum, yangi asalari uyalari, ona asalarilar, ona asalari suti tannarx hisoblash obekti hisoblanadi. Changlantiriladigan ekinlarning maydoni va hosildorligiga qarab asalarichilik xarajatlarining rezavor-meva ekinlari va urug‘lik bedaga 40-60 foizi, boshqa ekinlarga 20-40 foizi o‘tkaziladi. Asalarichilikdan olinadigan mahsulotlar (naslsiz ona ari, nasl beradigan ona ari, yangi asalari uyalari, asal, ona asalari suti, mum va xokazo) tannarxi qilingan xarajatlar summasini olingan mahsulot turlariga ularning xarid narxi bo‘yicha bahosiga mutanosib taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Ortgan mum kataklarning tannarxi yeritilgan konditsiyadagi mumlar tannarxi bo‘yicha aniqlanadi. Bunda uyadagi 435x230 mm hajmdagi mum katak 140 gramm, 435x125 mm – 110 gramm, 435x145 mm – 70 gramm mumga teng qilib olinadi. Yangi asalari oilalari ularni sotish bahosida kirimga olinadi. Bunda 1 kg asalari 10 kilogramm asalga tenglashtiriladi. Sotilgan, qish-bahor davrida oziq uchun uyalarda va omborlarda qoldirilgan asal asalarichilikdan olingan yangi hosilni tashkil etadi. Asalarichilikda asalari uyalarining balans qiymati ham aniqlanib, u ona asalari, ishchi asalari, oziq sifatida uyada qoldirilgan asal, asalari yashiklari vashu kabilarning qiymatlari yig‘indisidan iboratdir. Faqat qishloq xo‘jalik ekinlarini changlantirish uchun mo‘ljallangan asalarichilik xarajatlari changlantiriladigan ekinlardan olingan mahsulotlar tannarxiga o‘tkaziladi. Bunda olingan asal, mum va boshqa mahsulotlar qo‘shimcha mahsulot hisoblanib, xarid narxi bo‘yicha baholanadi va xarajatlar summasidan chegirib tashlanadi. 11.6. Sanoat ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot olinish hisobi va tannarx hisoblash Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, qurilish Materiallari ishlab chiqarish, mayda asbob-uskunalarni tayyorlash va hokazolar uchun qishloq xo‘jalik korxonalari tarkibida yoki mustaqil sanoat korxonalari hamda yordamchi xo‘jaliklar tashkil etiladi. Bunday sanoat korxonalari ishchi kuchining mavsumiy oshiqchaligidan to‘la va samarali foydalanish hamda rentabellikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Sanoat ishlab chiqarishini hisobga olish har bir ishlab chiqarish sarfini hisob obekti va xarajat moddasi bo‘yicha hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni aniq hisobga olish va ularning tannarxini to‘g‘ri hisoblash, tugallanmagan ishlab chiqarishni to‘g‘ri aniqlash, mablag‘larni tejab sarflashni nazorat qilish, oila pudrati va pudrat asosida ishlaydigan bo‘linmalarning shartnomaviy majburiyatlarni bajarishi ustidan nazorat qilish va har bir korxona bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatining (moliyaviy) natijalarini alohida aniqlashni ta'minlash lozim. Qishloq xo‘jaligida sanoat ishlab chiqarishlariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan (tegirmon, sutni qayta ishlash, moyjuvoz, konsyerva va pishloq zavodlari va h.k.) korxonalar va ishlab chiqarishlar, yog‘och tilish, g‘isht zavodi, salloqxona, hamda mahsulotlarga oddiy ishlov berishga oid ishlab chiqarishlar (meva vasabzavotlarni quritish, bodring va pomidor tuzlash va boshqalar) kiradi. Sanoat ishlab chiqarishida qilingan xarajatlar quyidagi moddalar bo‘yicha hisobga olinadi: 1. Mehnat haqi xarajatlari ijtimoiy sug‘urta xarajatlari bilan birgalikda. 2. Xom ashyo va Materiallar. 3. Ishlar va xizmatlar. 4. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari. 5. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishga oid xarajatlar. 6. Sug‘urta to‘lovlari. 7. Boshqa xarajatlar. 8. Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar. «Xom ashyo va Materiallar» moddasida tayyorlanadigan mahsulotning negizini tashkil etuvchi yoki uni tayyorlashda zarur bo‘ladigan komponentlar: masalan, tegirmon va juvozxonalarda – donning qiymati; kanop va zig‘irni qayta ishlashda – poyaning qiymati; meva, sabzavot, kartoshka va rezavor mevalarni qayta ishlashda – meva, sabzavot, kartoshka, dukkaklilar, rezavorlar va boshqalar qiymati. «Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar» moddasida butunlay yaroqsizga chiqarilgan mahsulot (buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar) qiymati, qurulmalarning dastlabki ishlatish vaqtida buzilgan xom-ashyo, Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar qiymati hamda yaroqsizlikni tuzatish xarajatlari aks ettiriladi. Qolgan xarajat moddalari o‘zlarining mazmuniga qarab 2010 va 2020 schotlar bo‘yicha ko‘rib chiqilgan xarajat moddalariga o‘xshashdir. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling