Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Parrandachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.5.5. Parrandachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash
Parrandachilikda tannarx hisoblash obektlari asosiy podadan olinadigan tuxum, o‘stirishdagi yosh parrandalarning qo‘shilgan vazni va sutkalik jo‘jalar hisoblanadi. 1 ming dona tuxum va parrandalarning 1 sentner qo‘shilgan vaznining tannarxi parrandalarni saqlash va parvarishlash xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulot (pat, axlat) qiymati chegirib tashlanib, qolgan summani tegishli mahsulot (tuxum, qo‘shilgan tirik vazn) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Sutkalik jo‘jalarning tannarxi inkubasiyaga doir barcha xarajatlardan (tuxumlar qiymatini ham qo‘shgan holda), qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa sutkalik sog‘lom jo‘jalar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 11.5.6. Yilqichilik va tuyachilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash Yilqichilikda quyidagi mahsulotlar tannarx hisoblash obekti hisoblanadi: asosiy poda bo‘yicha – baytaldan ajratilgan qulunlar, toylar bo‘yicha o‘sishi va o‘stirilgan toylarning to‘liq qiymati, sut yo‘nalishidagi yilqichilikda qimiz, qulun, katta yoshli boquvdagi otlar bo‘yicha qo‘shilgan va tirik vazn. Yilqichilikda tulashdan olingan jun, qil, o‘lgan otlarning tyerisi, go‘shti va go‘ng kabi qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Bular normativ asosida yoki bozor narxlarida baholanib kirimga olinadi. Qulun tug‘ilgan vaqtida biyani asrash 60 ozuqa - kunining qiymati bo‘yicha baholab kirimga olinadi. Asosiy podadagi qulunlarni biyasidan ajratib olish paytidagi tannarxini aniqlash uchun biyalar, ayg‘irlar va qulunlarni boqish xarajatlari summasidan yordamchi mahsulotlar va ayg‘irlar hamda biyalar bajargan ishlarning (ishchi otlar ot-kunining normativ tannarxi bo‘yicha baholab) qiymatini chegirib tashlab, qolgan summani biyasidan ajratilgan qulunlar soniga bo‘linadi. Toylar bo‘yicha qo‘shilgan vazn (semirish) aniqlanmaydi ya'ni ular tarozida tortilmaydi. Shuning uchun toylarning o‘sish tannarxi hisoblanadi. Bunda toylarning xo‘jalikda bo‘lgan kunlari sonini aniqlash lozim. Buning uchun toylarning yil boshidan mazkur guruhdan chiqib ketgunga qadar (sotilishi, boshqa hisob guruhiga o‘tkazilishi) yoki ushbu hisob guruhida hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa – yil oxiriga bo‘lgan ozuqa-kunlar soni aniqlanadi. So‘ng umumiy xarajat summasidan qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi. Agar toylar ishchi ot sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bajargan ishlar bir ish kunining normativ qiymati bo‘yicha baholanib, aniqlangan summa umumiy xarajatlardan chegirib tashlanadi. Qolgan xarajatlar summasini muayyan hisob guruhi bo‘yicha ozuqa kunlar soniga taqsimlash yo‘li bilan bir ozuqa-kun tannarxi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich toylarning muayyan guruhida boqilgan kunlarisoniga ko‘paytirilib ularning o‘sish tannarxi aniqlanadi. Qimizchilik biyalar ferma sining asosiy mahsuloti biya suti, qimiz va biyasidan ajratilmagan qulunlardir. Biya va ayg‘irlarni asrash xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini chegirib tashlab qolgan summa qimiz bilan qulunlarga quyidagicha taqsimlanadi: Sut – 1 sentner – 1,0; 6-9 oylik 1 bosh qulun – 6,0. Qimiz olinmaydigan yilqichilikda bir bosh qulun tannarxi biya va ayg‘irlarni asrash xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini chegirib tashlanib qolgan summani qulunlar bosh soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Tuyachilikda tug‘ilgan bir bosh bo‘taloqning tannarxi urg‘ochi tuyalarning 120 ozuqa-kuni qiymati bilan aniqlanadi. Bir bosh bo‘taloqning moyasidan ajratish vaqtidagi tannarxini aniqlash uchun yil boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga joriy yildagi bo‘taloqni tuyalarning bo‘talog‘i ajratilgunga qadar qilingan saqlash xarajatlarini qo‘shib, olingan summadan katta yoshdagi tuyalar bajargan ishlar, olingan sut, jun va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati hamda kelgusi yilga o‘tkaziladigan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari qiymati chegirib tashlanadi va qolgan summa bo‘taloqlar bosh soniga bo‘linadi. Bo‘taloqlar o‘sishining tannarxi ham yilqichilikdagi kabi aniqlanadi. Lekin bu ishda ayrim xususiyatlar mavjud. Tuyalar ikki yilda bir marta bolalaydi va ularning bo‘g‘ozlik davri 13 oygacha cho‘ziladi. Shuning uchun ham tuyalarning bir yillik asrash xarajatlari tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kelgusi yilga qoldiriladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling