Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
MAVZU. HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
18 MAVZU. HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI
18.1. Hisobdor shaxslar va xodimlar bilan turli muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi Qishloq xo‘jalik korxonalarida turli xo‘jalik topshiriqlarini va boshqa ishlarni bajarishlari uchun ayrim shaxslarga hisobi beriladigan pul beriladi. Ushbu pul summasini olgan xodimlar hisobdor shaxslar hisoblanadi. Hisobi beriladigan summalar xo‘jalik joylashgan hududda amalga oshiriladigan sarflar uchun ikki kundan oshmagan istehmolni qonldiradigan hajmda, xo‘jalik hududidan tashqaridagi sarflar uchun o‘n kundan oshmagan istehmol hajmida berilishi mumkin. xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar uchun hisobi beriladigan naqd pullar fermer xo‘jaligi boshqaruvining rahbpri va aktsionerlik jamiyatlari direktorining buyrug‘i(fermer xo‘jaligi rahbarining farmoyishi)ga muvofiq beriladi. Hisobi beriladigan pul miqdori xizmat safariga boradigan shaxsning borish va kelish yo‘l xarajati, sutkalik va xizmat safari muddatidagi yotoqxona xarajatlarining summasi hajmida bo‘lishi kerak. Hisobdor shaxslar olgan hisobi beriladigan pulni sarflaganliklari haqida topshiriqlarni bajarganlaridan so‘ng buxgalteriyaga bo‘nak hisoboti taqdim etishlari lozim. Agar hisobdor shaxslardagi hisobi beriladigan summaning bir qismi sarflanmay qolgan bo‘lsa, uni xizmat safaridan qaytib kelishi bilan yoki xo‘jalik topshirig‘ini bajargandan so‘ng darhol korxona kassasiga topshirishlari lozim. 4220, 4230, Bu schyotlar debetida hisobdor shaxslarga beriladigan hisobi beriladigan summalar, hamda hisobdor shaxsning ortiqcha sarflangan pulini qoplash uchun berilgan summalar aks ettiriladi. Kreditida esa hisobdor shaxslarning avans hisobotiga muvofiq sarflagan summalarini hisobdan o‘chirish, hamda ishlatilmagan bo‘nak summalarinigng kassaga topshirilishi aks ettiriladi. Hisobi beriladigan pul kassadan berilganda va hisobdor shaxs tomonidan ortiqcha sarflangan pul qoplanganda 4220, 4230 va 4290 schyotlari debetlanadi va 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditalnadi. Hisobdor shaxslarning sarflagan summalari 0710-0790, 1010-1090, 1110-1120 moddiy boyliklar schyotlari (hisobdor shaxslar sotib olgan moddiy boyliklar turiga qarab) yoki 2010, 2310, 2510, 2610, 2710, 9410-9440 schyotlarining debetiga va 4220, 4230 va 4290 schyotlarining kreditiga yoziladi. Hisobdor shaxslar kassaga topshirgan, foydalanilmagan avans summalariga 5010-Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari» va 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» debetlanadi va 4220, 4230 va 4290 schyotlari kreditlanadi. 4220, 4230, 4290 va 6970 schyotlar bo‘yicha muomalalarning sintetik va analitik hisobi 7- ASK jurnal-orderda yuritiladi. 7-ASK jurnal-order uyg‘unlashgan, yahni sintetik va analitik hisob bir vaqtda yuritiladigan registr bulib, unda yozuvlar chiziqli-pozitsiyali usulda amalga oshiriladi. Analitik hisobi har bir hisobdor shaxs bo‘yicha alohida yuritiladi. 7-ASK jurnal-orderning jami kredit oborotlari boshqa hisob registrlaridagi aloqa qiluvchi schyotlar bo‘yicha taqqoslanib, hamda «Qoplandi, fyodalanilmagan bo‘nak summalari ushlab qolindi» – degan grafaning jamini «Tasdiqlangan xarajat summasi» grafasining jamiga qo‘shish yo‘li bilan 4220-«Xizmat safariga berilgan bo‘naklar» schyoti kredit oborotining jami aniqlangandan so‘ng Bosh daftarga yoziladi. Hisobdor shaxslar bilan xizmat safari xarajatlariga berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar tartibi Moliya Vazirligi va Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 29 avgustda 1268-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichkarisiga xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnoma va Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 iyunda 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibi bilan tartibga solinadi. Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarga so‘m yoki chet el valyutasi da bo‘nak beriladi. Quyidagilar xizmat safari xarajatlariga kiritiladi: — yashash xaajatlari (turar joyni ijaraga olish bo‘yicha); — sutkalik xarajatlar; — transport xarajatlari (taksidan tashqari); — vakillik xarajatlari; — ko‘zda tutilmagan xarajatlar; — xizmat safariga doir boshqa xarajatlar. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling