Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 
19 MAVZU. XUSUSIY KAPITAL HISOBI 
19.1. Kapital, rezervlar va taќsimlanmagan foydani hisobga olishning vazifalari 
Bozor iќtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy 
resurslarini mustaќil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o‘z 
xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida ќo‘shish bilan yaratiladi. 
Ustav kapitali - huќuќlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga 
muvofiќ ќo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuidir. 
Ustav kapitalini tashkil ќilish amaldagi ќonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. 
Ustav kapitaliga hissa shaklida ќo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga 
yoki yuridik shaxs ijroiya organining ќaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi. 
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va taќsimlanmagan foyda bo‘yicha 
buxgalteriya hisobining vazifalari ќuyidagilardan iborat: 
¨ 
Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat ќilish; 
¨ 
Korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosќichlari va aktsiyalar turlari bo‘yicha axborot 
to‘plash; 
¨ 
Ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo‘yicha ma’lumotlar olishni 
ta’minlash; 
¨ 
Ќo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan boYoliќ muomalalarni o‘z 
vaќtida hisobda aks ettirish; 
¨ 
Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taќsimlanishini o‘z vaќtida hisobga olish 
hamda nazorat ќilish. 
19.2. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapitalini shakllantirish xususiyatlari 
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z faoliyatlarini amalga 
oshirib kelmoќda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma’suliyati 
cheklangan jamiyat shaklidagi, ќo‘shma korxona shaklidagi va boshќa korxonalar kiradi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling