Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
-rasm. Buxgalteriya hisobotlarining turkumlanishi
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
21.1-rasm. Buxgalteriya hisobotlarining turkumlanishi
Yillik moliyaviy hisobot shakllarini tuzishdan oldin katta tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Uning mazmuni hisob ma’lumotlarining mulklar va ular manbalarining haqiqiy mavjud qoldiqlariga mosligini tasdiqlash bilan belgilanadi. Shuning uchun yillik balansni tuzishga yil davomida tuziladigan balanslarga qaraganda juda yuqori ishonchlilikni ta'minlash talabi quyiladi. Bunda tayyorgarlik ishlarining negizi barcha turdagi xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini to‘liq inventarizatsiya qilishdan iborat. Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar bilan tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to‘ldirilishini nazarda tutadi. Balansni tuzishdan oldin analitik hisob schotlari bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bosh daftardagi schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bilan solishtirilib, tekshirilishi lozim. Bunda ularning tengligiga ishonch hosil qilish zarur. Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma'lum talablar quyiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini baholash qoidalariga rioya qilish kyerak. Xo‘jalik yurituvchi subektning mulklari va majburiyatlarini baholashning umumiy tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 12-moddasida belgilangan. Buxgalteriya balansi ayrim moddalarining bahosini shakllantirish tamoyillari quyidagi yondoshuvlarni nazarda tutadi: − pul to‘lash yo‘li bilan sotib olingan mulklar sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha baholanadi; − bepul olingan mulklar balansda hisobga olingan sanadagi bozor bahosi bo‘yicha aks ettiriladi; − xo‘jalik yurituvchi subektning o‘zida tayyorlangan mulklar ularni tayyorlash xarajatlarining summasi bo‘yicha balansga qabul qilinadi; − asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash xo‘jalik yurituvchi subektning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari qanday bo‘lishidan qat'iy nazar amalga oshiriladi; − asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar balansda qoldiq qiymati bo‘yicha baholanadi; − mulklar va majburiyatlarni baholashning boshqacha uslublari amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan hollarda ruxsat etiladi. Buxgalteriya hisobotlari shakllariga quyiladigan umumiy talablar ularda bo‘yab tuzatish va TURКUMLASh MEZONLARI Buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlar hajmiga ko’ra tuzilish maqsadiga ko’ra Davriyligi bo’yicha Ҳ И С О Б О Т Т У Р ЛА Р И Qisman hisobot Tashqi hisobot Davriy (joriy) hisobot Umumiy hisobot Ichki hisobot Yillik hisobot 221 noaniqliklar bo‘lmasligini nazarda tutadi. Agar shakllarda xatolar aniqlansa, ular o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha tuzatilishi lozim. Buxgalteriya hisobotlarida aniqlangan xatolar ular qaysi davrga taalluqli bo‘lishlaridan qat'iy nazar hisobot davridan keyingi birinchi davrda (chorakda, yil boshidan) tuzatilishi lozim. Tuzatishning bunday varianti ichki audit xizmati yoki nazorat organlari tomonidan aniqlangan, tekshiruvlar va inventarizatsiya chog‘ida aniqlangan noaniqliklarni tuzatishga ruxsat etiladi. Tuzatishlar tegishli tarzda izoh berilib, tuzatish sanasi ko‘rsatilgan holda rahbar va bosh buxgaltyer imzosi bilan tasdiqlanadi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga quyiladigan talablar, umuman olganda joriy buxgalteriya hisobini shakllantirishga quyiladigan talablarga mos keladi. Hisobot rahbar va bosh buxgaltyer tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. Buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan yoki buxgalteriya hisobiga doir mutaxassis bilan fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida yuritiladigan tashkilotlarda buxgalteriya hisobotlari xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari hamda hisobni yurituvchi chet tashkilot vakili yoki mutaxassis tomonidan imzolanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling