Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Tejamlilik tegishli hisobot shakllarini unifikatsiyalash va standartlash, ayrim ko‘rsatkichlarni 
hisobot ma’lumotlarining sifatiga zarar yetkazmaydigan tarzda qisqartirish yo‘li bilan yerishiladi. Bu 
eng avvalo, axborot-ma’lumotnoma tavsifidagi ko‘rsatkichlarga taalluqlidir.
Moliyaviy hisobotga quyiladigan talablardan biri – uni rasmiylashtirish hisoblanadi. Bu 
moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya 
hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valuta – so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. 
Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgaltyeri tomonidan imzolanib, muhr bilan 
tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi qonunining 20-moddasida belgilangan ro‘yxatdagi korxonalar tomonidan amalga 
oshiriladi. Ularga ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar 
birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari kiradi.


219 
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish axborotdan foydalanuvchilar uchun ma’lumot olish imkoni 
bo‘lgan ommaviy axborot vositalarida yoki tegishli nashrlarda, hamda qiziquvchilarga taqdim etish 
uchun korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat statistika organlariga taqdim etish orqali amalga 
oshiriladi.
Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan 
kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishidan oldin auditorlik 
tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi olingan va xo‘jalik yurituvchi subektning 
boshqaruv organi (aksiyadorlarning umumiy majlisi, ta'sischilar majlisi va h.k.) tomonidan 
tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan buxgalteriya balansi (1-shakl) va 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba xalqaro 
amaliyotdan kelib chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdan foydalanuvchilarga mazkur korxonaga kapital 
quyish va boshqa masalalar bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya balansi 
qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi mumkin va uning mazmuni korxona tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligining qoidalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi lozim. Yillik 
moliyaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mumkin. Uning mazmuni 
mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr (baho) 
dan iborat.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi uchun e’lon 
qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka 
muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling