Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Soliqqa tortilmaydigan yerlarning
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- (satr 4 x satr 5/100 x 1000) 1 ga Jami maydonning (satr 2 x satr 3) 1 2
Soliqqa tortilmaydigan yerlarning
me’yoriy qiymatidan yagona yer solig‘i summasining HISOB-KITOBI 285 Yerlarning turlari Maydon, ga Me’yoriy qiymati, ming so‘m Soliq stavkasi, % Soliq summasi, so‘m (satr 4 x satr 5/100 x 1000) 1 ga Jami maydonning (satr 2 x satr 3) 1 2 3 4 5 6 Yerlarning umumiy maydonidan soliqqa tortilmaydigan yerlar - jami: shu jumladan: 23 x 2693,0 2 53860 Yangi tutzorlar bilan band bo‘lgan yerlar 20 103,6 2072,0 x x Sport inshootlari bilan band bo‘lgan yerlar 3 207,2 621,0 x x Soliqqa tortilmaydigan yerlarning me’yoriy qiymatidan kelib chiqib, soliqqa tortilmaydigan yerlarga to‘g‘ri keladigan soliq summasi 53860 so‘mni tashkil etadi. Byudjetga to‘lanadigan yagona yer solig‘ining summasi yerlarning umumiy maydoniga hisoblangan soliq summasining soliq to‘lanmaydigan yerlar (amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lanmaydigan yerlar) hisoblangan soliq summasining farqi sifatidan aniqlanadi. Byudjetga to‘lanadigan soliq summasi 3627890 so‘mni (3681750 - 53860) tashkil etadi. 26.4 Yagona yer solig‘i bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llash uchun soliq to‘lovchi har yili joriy soliq davrining 1 fevraliga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o‘tgan soliq davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushini aniqlashda ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Agar o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha yagona yer solig‘i to‘lovchi belgilangan shartlarga javob bermasa, soliq to‘lovchi joriy soliq davrining boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi kerak. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiradigan soliq to‘lovchi belgilangan shartlarga javob bermay qo‘ygan soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibini tanlash to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etadi. Soliq to‘lovchining yozma bildirishni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi uning byudjet bilan hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirishga roziligi deb hisoblanadi. Yagona yer solig‘ini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha u umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq davrining birinchi choragi uchun joriy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi. 286 Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tgan yagona yer solig‘ini to‘lovchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq faqat navbatdagi soliq davri boshidan boshlab yana yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tishga haqlidir. Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv- tajriba xo‘jaliklari faoliyatning yagona yer solig‘ini to‘lash tatbiq etiladigan qismi bo‘yicha soliq solishning boshqacha tartibini tanlash huquqiga ega emas. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer solig‘i to‘lovchi mazkur faoliyat turlari bo‘yicha alohida- alohida hisob yuritishi shart. Soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolingan mikrofirmalar va kichik korxonalar faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha korxonalarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovi to‘lashi mumkin. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirmaydigan soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi kerak. Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar uchun boshqa daromadlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq daromadlar sifatida qaraladi hamda ularga soliq solinmaydi, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno. Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer solig‘i to‘lovchida dividendlarga soliq solish uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi. Yagona yer solig‘i summasi soliq solinadigan bazaga qarab: er uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig‘ining belgilangan stavkasidan; er uchastkalarining maydonidan, yer uchastkasi joylashgan yer va yer uchastkasining sifat tavsifini (bonitet ballini) nazarda tutadigan tuzatish koeffitsienti e’tiborga olingan holda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi. Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig‘i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig‘ini to‘lash yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to‘xtatiladi (kamaytiriladi). Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart. Yagona yer solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi; hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi; hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling