Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi.
28.4. Yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari
O‘zbekistonda yagona ijtimoiy to‘lov 2004 yildan amal qilib kelinmoqda. Soliq kodeksining 305-moddasiga binoan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lovchilar bo‘lib, yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hamda jismoniy shaxslar hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarini hisoblash uchun ob’ekt bo‘lib, ish haqi tarzidagi daromadlar hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish uchun baza imtiyoz sifatida belgilangan to‘lovlar chegirib tashlangan ish haqi tarzida to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bazasi hisoblanayotganda quyidagi to‘lovlar chegirib tashlanadi: 1) amaldagi soliq kodeksining 174-moddasi 5, 8, 9, 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan kompensatsiya to‘lovlari; 2) xodimga hisoblanadigan va uning roziligi bilan tegishli byudjet yoki xayriya jamg‘armalarga (shanbaliklar, yakshanbaliklar va shu kabilar uchun) o‘tkaziladigan ish haqi tarzidagi daromadlar; 3) xodimning muhim sanasi, uzoq yillik xizmati, jamoat faoliyatida erishgan yutuqlari munosabati bilan unga beriladigan rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar; 4) xodimga tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan to‘lanadigan to‘lovlar; 5) yosh mutaxassislarga oliy o‘quv yurtini tamomlaganlaridan so‘ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to‘lanadigan nafaqalar. Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona ijtimoiy to‘lovlar to‘liq tushishini ta’minlash uchun 2009 yil 1 yanvardan boshlab yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 24 foiz tashkil etgan holda: barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun (fermer ho‘jaliklari bundan mustasno) har bir xodim hisobiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda; fermer ho‘jaliklari uchun har bir xodim hisobiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida amalga oshiriladi. 311 Bunda davlat soliq xizmati idoralari xodimlariga belgilangan tartibga rioya qilinmagan takdirda to‘lovchining ixtiyorida qolayotgan foyda hisobidan yagona ijtimoiy to‘lovni uning belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda to‘liq undirib olish huquqi berildi Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida belgilangan tartibga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi: - byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga - 23,6 %; - davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga - 0,2 %; - kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga - 0,2 %. Sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqiga nisbatan 3,5% miqdorida belgilangan. Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan jamg‘armaga o‘tkaziladi. Yagona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi belgilangan shaklda soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Sug‘urta badallarining hisob-kitobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari yuridik shaxslar tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: - yagona ijtimoiy to‘lov – har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay; - sug‘urta badallari – ish haqiga pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlarni taqdim etish vaqtida. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling