Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Baholash – bu hisob ob’ektlarini natural o‘lchovlardan pul o‘lchoviga o‘tkazish usulidir.
Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob ob’ektlarini umumlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar, materiallar, chet el valyutasi va hokazolar bitta umumlashtiruvchi o‘lchov – pul o‘lchovida ifodalanadi. Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zahiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi. Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulyatsiyalash deb ataladi. Baholash va kalkulyatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umumlashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantiradigan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi. Demak, baholash va kalkulyatsiya korxona aktivlari, passivlari hamda xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tizimining ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish materiallarni tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib, ular ishlab chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanib, ular shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxiga qo‘shilmaydigan realizatsiya xarajatlari hamda realizatsiyaning moliyaviy natijasi aniqlanadi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobining asosiy ob’ektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari ya’ni mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat byudjeti va shunga o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Byudjetdan moliyalashtiriladigan sub’ektlarda ayrim o‘ziga xos hisob ob’ektlari mavjud. Bularga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi. Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi. Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy ob’ektlarni quyidagicha turkumlash mumkin (11.1-rasm): Asosiy vositalar Hisob ob’ektlari Nomoddiy aktivlar Materiallar Tayyor mahsulotlar Tovarlar Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling