Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA YOZUV
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- aktivida
3 MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA YOZUV 3.1. Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi «Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, ya'ni “tarozi ikkita pallasining tengligi” degan ma'noni, muvozanat, tenglik ramzini bildiradi. Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi: 1. Jamlangan summalar tengligi, ya'ni schotlarning debeti bo‘yicha summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schotga tegishli analitik schotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi; 2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subektning ma'lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi. Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar (elementlar) orasida bunday ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya balansiga xosdir. Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini quyidagicha ta’riflash mumkin: Balans ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv va passiv. Bu atamalar ham lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi “astivus”- aktiv, faol va “rassivus” - passiv, faoliyatsiz degan ma'nolarni bildiradi. Balans aktivida mablag‘lar tarkibi,joylanishi va ishlatilishiga qarab; passivida esa mablag‘larning tashkil topish manbalari: ularning kimniki ekanligi va qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma'lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans aktiv va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart. Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi uning aktivida ham, passivida ham bir xil xo‘jalik mablag‘lari aks ettirilishidan kelib chiqadi, lekin aktivda mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli bo‘yicha, passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha aks ettiriladi. Aktiv va passivning o‘zaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega bo‘lib, buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish va hisobot tuzishda foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni va buxgalteriya hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, quyidagicha baholanadi: asosiy vositalar (ishlatilayotgani hamda zaxirada yoki konsyervatsiyada saqlanayotgani) - ularning qoldiq qiymati bo‘yicha; xom-ashyolar, asosiy va yordamchi Materiallar, yoqilg‘ilar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va yig‘ib tuzatiladigan buyumlar, ehtiyot qismlar, idish va moddiy qiymatliklar (tayyorlash va omborga tashib keltirish sarflarini qo‘shgan holda); tayyor mahsulotlar, xo‘jalikning o‘zida yetishtiriladigan urug‘lik, yem-xashak va yosh chorva mollari-chakana bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot tashkilotlarida esa - chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Aktivda moddiy mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, pul mablag‘lari, Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning vujudga kelish manbalaridagi hamda maqsadli tayinlanishidagi o‘zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga qiymat ifodasida umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli buxgalteriya balansi deyiladi. debitorlar kelgusi davr uchun sarflangan mablag‘lar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) mablag‘lar, passivda esa - ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezyerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor qarzlari, berilmagan mehnat haqi va daromadni taqsimlash bo‘yicha majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo‘ladi. Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi. Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi. Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi: Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling