Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Imtiyozli aksiyalar qiymatini hisoblash modeli
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
Imtiyozli aksiyalar qiymatini hisoblash modeli Ushbu model juda ham oddiy, chunki imtiyozli aksiyalar daromadini aniqlash juda ham oson. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha o‘rnatilgan dividend miqdori to‘lanadi, va foyda darajasi qanchalik 218 bo‘lishidan qat'i nazar boshqa hyech qanday to‘lovlar to‘lanmaydi. Shuning uchun ham, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foydalilik quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: , (4.7) Bu yerda: D – bitta aksiyaga bo‘lgan yillik dividend kattaligi; R – bitta aksiyaning bozor narxi. Oddiy aksiyalardagi singari, yangi imtiyozli aksiyalarni chiqarish xarajati ularning qiymatidan yuqori bo‘ladi. Bunday baholashni (6.6)dan gq0 deb, chunki imtiyozli aksiyalar odatda o‘smaydi, qabul qilgan holda amalga oshirish mumkin: , (4.8) Qarz kapitali qiymatini aniqlash modellari O‘z faoliyati davomida, korxona quyidagi ko‘rinishga ega qarz mablag‘lari bilan ish yuritadi: - tijorat banklari va boshqa korxonalarning uzoq muddatli kreditlari; - berilgan qoplanish muddati va nominal foiz stavkasiga ega obligatsiyalar chiqarish. Birinchi vaziyatda, qarz kapitalining qiymati kreditning foiz stavkasiga teng va kreditor hamda qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan, har bir holat uchun alohida, belgilanadi. Ikkinchi vaziyatda, kapital qiymati obligatsiya nominal qiymatiga nisbatan foizlarda ifodalanadigan, obligatsiyaning nominal foiz stavkasi kattaligi bilan belgilanadi. Nominal qiymat – bu obligatsiya chiqargan korxona, obligatsiyani sotib olgan korxonaga, obligatsiyani qoplash kuni kelganda to‘lanadigan narxdir. Tabiiyki, obliatsiyani qoplanish muddati obligatsiya chiqarilgan paytda ko‘rsatiladi. Obligatsiyalar yangi chiqqan vaqtda ular o‘z nominal qiymati bo‘yicha sotiladi. Demak bunda, qarz kapitali qiymati S d obligatsiyaning nominal foiz stavkasi i k bilan aniqlanadi , (4.9) Obligatsiyaning real foydaliligini (qarz kapitali qiymatini) hisoblash uchun, obligatsiyalar hozirgi qiymatini aniqlash modelidan ofydalanamiz: , (4.10) Bu yerda: INT – obligatsiya bo‘yicha yillik foiz to‘lovi; M – obligatsiyaning nominal qiymati; V v – obligatsiyaning hozirgi qiymati; N – obligatsiya qoplanishigacha qolgan davrlar (yillar); r v – obligatsiya bo‘yicha foiz stavkasi. (4.11) formula belgilarida C d qarz kapitali qiymatini hisoblash uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi: , (4.11) Bu yerda: V M – obligatsiyaning joriy bozor narxi; N – obligatsiya qoplanishigacha qolgan yillar. (4.11) tenglamani EHM yoki moliyaviy elektron hisoblagichda sonli uslublardan foydalanib keltirilgan holdagina yechish mumkin.Quyidagi keltirilgan (4.12) formula natijasi ham tenglamadan foydalanishga ancha yaqin: , (4.12) Obligatsiyaning yakuniy daromadliligi – bu mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘risidagi qarorning muqobil qiymatidir. Shunday qilib, korxonada ortiqcha mablag‘lar mavjudligi, yoki u mablag‘lar kirib kelishiga muhtojligidan qat'iy nazar, mavjud obligatsiyalar bo‘yicha yakuniy daromadlilik qarz mablag‘lari qiymatini ifodalaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling