216
2. Imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan pul mablag‘lari;
3. Qarz kapitali (uzoq muddatli bank krediti, obligatsiyalar chiqarish).
Bozor (xo‘jalik hisobi) sharoitlarida
faoliyat yurituvchi, mulkchilikning
davlat shakliga tegishli
korxonalarda quyidagi ikkita tarkibiy qism ajratiladi:
1. Shaxsiy kapital (jamg‘arilgan taqsimlanmagan foyda);
2. Qarz kapitali (uzoq muddatli bank kreditlari).
Shaxsiy kapital qiymatini aniqlash modellari
Shaxsiy kapital qiymati – bu oddiy aksiyadorlar olish istagida bo‘lgan pul daromadidir.
Shaxsiy
kapital qiymatini baholashning bir nechta modeli mavjud bo‘lib,
ularning har biri kapitalni
baholovchida mavjud axborotdan foydalanishga asoslangan.
Dividendlarning prognoz (bashorat) qilinadigan o‘sishi modeli. Shaxsiy kapital qiymatini
hisoblash quyidagi formulaga asoslanadi:
, (4.1)
Bu yerda: S
ye
– shaxsiy kapital qiymati;
R – bitta aksiyaning bozor narxi;
D
1
–
kompaniya tomonidan, investitsiyaviy loyihani amalga oshirishning birinchi yilida va'da
qilingan dividend;
g – dividendlarning prognoz (bashorat) qilinadigan yillik o‘sishi.
Do'stlaringiz bilan baham: