Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Akseptlangan - veksel to‘loviga rozilik berilgan veksel 
Akseptlanmagan - tratta to‘loviga rozilik berilmagan o‘tkazma veksel 
Akseptlash - to‘lashga rozilik berish 
 Aksept-rambursli kredit - chetga mol chiqaruvchi shaxs to‘lovga taqdim etgan o‘tkazma 
veksellar bo‘yicha chetdan mol keltiruvchining hisob-kitoblarini yuri-tuvchi bank aksepti shaklidagi 
kredit. 
Aksiz - keng iste'mol mollari sotuvidan olinadigan bilvosita soliq turi. U muayyan mol narxiga 
yoki ko‘rsatilgan xizmat haqiga qo‘shiladi 
Aksiyalar deposi - aksiyalar saklanadigan muassasa 
Aksiyalar diskonti - aksiyalar bo‘yicha chegirma 
Aksiyalar opsioni - moliyaviy bozorga darhol ustama haq to‘lash evaziga chiqarilgan 
aksiyalarni muayyan muddatga xarid qilish yoki sotish shartnomasi 
Aksiyalarniig bonusli emissiyasi - aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida bepul tarqatish maqsadida 
muomalaga chiqarish 
Alienatsiya - 1. mol-mulkni musodara qilish;
2. aksiya, sarmoya yoki boylikning egasini almashtirish; bir shaxsga tegishli mol-mulkni 
boshqaga o‘tkazish operatsiyasi
Allonj - o‘tkazma vekselning orqasida joy kolmagan takdirda unga ilova qilinadigan qo‘shimcha 
varaq 
Amballaj - 1. molni o‘rab joylash xarajatlari;
2. o‘rab joylash materiali 
Amanko – taqchillik, kamomad yoki qarzdorlikni anglatadigan birja istilohi. 
Ampliatsiya - pul olinganligi haqidagi tilxatniig nusxasi 


315 
Anderlaing - opsion shartnomasi shartlariga ko‘ra xarid qilish va sotish huquqini beruvchi 
opsionga asos hisoblangan qimmatli qog‘oz 
Analitik usul - tabiatda mavjud bo‘lgan o‘simliklar ichida tanlash yo‘li bilan yangi nav yaratish. 
Antimonopol siyosat - iqtisodiyotni monopoliya (yakka hukmronlik) dan xalos etish va 
monopoliyalarni cheklab qo‘yishga yo‘naltirilgan davlat siyosati. 
Tashkilotlar yoki shaxslarning umumiy xo‘jalik, ilmiy, madaniy yoki biron-bir boshqa maqsadga 
erishish uchun ixtiyoriy ittifoqi, uyushmasi. 
Annuitet - 1. muddatli davlat qarzi turlaridan biri. U asosiy qarzni unga to‘lanadigan foizi bilan 
asta-sekin qaytarish imkoniyatini hisobga olgan holda, har yili kreditorlarga muayyan daromad 
keltiradi;
2. muntazam kelib tushuvchi to‘lovlar 
Annuitet fondi - muddatli davlat qarzi fondi. U asosiy qarzni unga to‘lanadigan foizi bilan asta-
sekin qaytarish imkoniyatini hisobga olgan holda, xar yili kreditorlarga muayyan daromad keltiradi 
Annulyasiya - yo‘qotilgan takdirda qimmatli qog‘ozni bekor qilish jarayoni 
Amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini 
asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr 
xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi; 
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) 
tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi; 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling