Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda
mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va
ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy
aktivlar;
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromad xo‘jalik yurituvchi sub'ektning schyotiga yalpi
tushumlardan yoki olinishi mumkin bo‘lgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undirib
olinadigan, xo‘jalik yurituvchi sub'ektga tushadigan va o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib kelmaydigan
bilvosita soliqlar miqdori asosiy xo‘jalik faoliyati daromadiga kiritilmaydi. Vositachilik faoliyatida
yalpi tushumlar asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromad hisoblanmaydi. Bunday hollarda
vositachilik haqi daromad hisoblanadi.
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo‘jalik yurituvchi sub'ektning odatdagi
faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlar;
Bank depoziti - xususiy shaxs, korporatsiya va davlat tashkiloti nomidan bankka saklash uchun
topshirilgan pul mablag‘lari.
Bank diskonti - bankning veksellarini hisobga olish operatsiyalari uchun belgilangan hisob
foizi.
Bank kliringi - banklarning o‘zaro talabnoma va majburiyatlarni hisobga olish asosida mollar,
qimmatli qog‘ozlar va xizmatlar uchun nakd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi.
Bankning likvidligi - bankning majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplay olish qobiliyati.
Bank marketingi - bank mijozlari ehtiyojlarini qondirishga hamda bozorni o‘rganib, istiqbolni
belgilash asosida foyda olishga qaratilgan bank xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish va kengaytirish
majmuaviy tizimi.
Bank trattasi - tashqi savdoda foydalaniladigan bank o‘tkazma vekseli. U xizmat
ko‘rsatilganida to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |