Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Investitsiyaviy faoliyat tamoyillari. Investitsiya jalb qilish shartlari


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

5. Investitsiyaviy faoliyat tamoyillari. Investitsiya jalb qilish shartlari. 
Qo’yilmalarning yanada yuqoriroq samarasiga erishish uchun investitsiya kiritishning bazis 
tamoyillari mavjud. 
1. 
Investitsiya kiritishning chegaraviy samaradorligi tamoyili.
Har bir korxona, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarni kamaytirgan 
holda maksimal daromad olishga intiladi. Korxona o’z faoliyatini keyinchalik ham davom ettiradi, 
agarda ishlab chiqarishning mavjud darajasida uning daromadi ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori 
Аҳоли 
маблағлари 
Investitsiyalarning ichki manbalari 
Daromad 
investitsiya 
manbasi sifatida 
Amortizatsion 
ajratmalar 
Byudjetdan 
moliyalash-
tirish 
Банк кредити 


48 
bo’lsa. Aks holda esa, ya'ni tovar sotishdan olingan umumiy daromad ishlab chiqarish xarajatlaridan 
yuqori bo’lmasa, korxona faoliyati to’xtatiladi. 
Agarda bitta qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishdan olinadigan daromad, uni ishlab chiqarish 
xarajatlaridan yuqori bo’lsa, korxona mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishi lozim. Agarda bitta 
qo’shimcha mahsulotdan olingan daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’ladigan bo’lsa, 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Agarda korxona ishlab 
chiqarishni davom ettirish to’g`risida qaror qabul qilgan bo’lsa, u shuncha mahsulot ishlab chiqarishi 
kerakki, chegaraviy xarajatlar chegaraviy daromadga teng bo’lsin. Ushbu shartlar universal xarakterga 
ega bo’lib, mulkchilikning istalgan shakli, bozorning istalgan tuzilmasiga nisbatan qo’llanilishi 
mumkin. 
Ishlab chiqarishga kapital qo’yish samaradorligi, kamida ikkita omilga bog`liq bo’ladi: 
- ishlab chiqarish xarajatlarini oshish sur'ati (asosan texnologiya tomonidan belgilanadi); 
- ishlab chiqarishni monopollashganlik darajasi. 
2 Qoplash tamoyili. 
Ushbu tamoyil investitsiya kiritishda samaradolikni baholashga yangi yondashuvni belgilash 
imkonini beradi. Investitsiya kiritishdagi qaror qabul qilish erkinligi, ularni amalga oshirishdagi 
erkinsizlik va cheklashlarga o’z o’rnini bo’shatadi. 
Misol uchun, nima sotib olish kerak, nima ishlab chiqarish kerak, qancha summani kreditga olish 
lozim, qancha muddatga va qaysi foizlarda va hokazolar to’g`risida qaror qabul qilishda korxona 
erkinlikga ega. Ammo ushbu jarayonlar amalga oshirilgandan so’ng orqaga qaytish juda ham qiyin. 
Uskuna xarid qilingandan so’ng uning pulini qaytarish uchun undan bir necha yil davomida 
foydalanish lozim, kredit shartnomasi bo’yicha pul mablag`lari ajratilgandan so’ng ular bo’yicha 
foizlarni to’lash shartdir. Shuning uchun, investitsiyaviy loyiha o’z kuchiga kirgandan so’ng, faoliyat 
erkinligi ancha cheklanadi. Albatta xarid qilingan uskuna yoki texnologiyalarni qaytarib berish yoki 
uchinchi shaxslarga sotish mumkin, lekin bu yo’qotishlar bilan bog`liq bo’ladi. Shuning uchun ham 
investitsiyaviy loyihada mumkin bo’lgan hatolarni oldindan hisob kitob qilish ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
3. Kapital qo’yilmalar samaradorligining moddiy va puldagi bahosini o’zaro muvofiqlashtirish 
tamoyili
Samaradorlikni baholashning uch xil varianti mavjud: 
- xarajat va ishlab chiqarishning nisbiy narxlarini taqqoslash orqali, ya'ni faqatgina pul bilan 
baholash. Tajribalarning ko’rsatishicha, samaradorlikni faqatgina pul hajmi bilan baholash noto’g`ri 
bo’ladi, ayniqsa prognoz (bashorat) qilib bo’lmaydigan inflyatsiya sharoitida; 
- samaradorlikning pul va texnik omillarini o’zaro muvofiqlashtirish orqali. Gap shundaki, 
investitsiyaviy loyihaga kiritilgan texnologiyalar ham katta rol o’ynaydi; 
- loyihaning bozor (qiymat) bahosini hisobga olmaydigan texnik yondashuv, bunday 
yondashuvdan O’zbekiston sharoitida deyarli foydalanilmaydi;
4. Moslashuv xarajatlari tamoyili. 
Moslashuv xarajatlari - bu yangi investitsiyaviy muhitga moslashish bilan bog`liq bo’lgan barcha 
xarajatlardir. Bularga ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, xodimlarni qayta o’qitish, bozor 
kon'yunkturasiga moslashish va shunga o’xshash xarajatlarni kiritish mumkin. Vaqt yo’qotish daromad 
yo’qotish deb qabul qilinadi. Har doim ham investitsiyaviy loyiha to’g`risida qaror qabul qilishdan uni 
amalga oshirishgacha bir oz vaqt o’tadi. Birdaniga moslashib ketish deyarli mumkin emas. 
Moslashuv uchun to’lov sifatida, joriy pul oqimining keskin kamayishini hisobga olish mumkin. 
Hattoki aksiya va obligatsiyalarni ham, ularni bozor qiymati tushib ketayotgan vaqtda foyda bilan sotib 
bo’lmaydi. Vaqtdan yo’qotish kapitalni ishsiz qolishi va daromadning kamayishiga olib keladi. Ishlab 
chiqarishga investitsiya kiritishning moslashuv xarajatlari esa yanada yuqori bo’ladi. 
Faraz qilaylik uskunalar o’rnatilgan, ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bir vaqtda bozor 
kon'yunkturasi o’zgardi va texnologiyalar, demak mavjud uskunalarni ham, almashtirish to’g`risida 
qaror qabul qilindi. Misol uchun, qo’l mehnatini mashina mehnatiga almashtirish. Bu ma'lum 
moslashuv xarajatlariga olib keladi, ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 


49 
- kadrlarni qayta tayyorlash; 
- eski uskunalarni sotish va yangisini xarid qilib olish; 
- shtat qisqarishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimlarga kompensatsion to’lovlarni amalga 
oshirish; 
- o’z kuchini yo’qotmagan shartnomalar bo’yicha jarimalar to’lash va h 
Shuning uchun ham moslashuv xarajatlarini, mahsulot tannarxiga kiritish lozim. Ushbu 
xarajatlar qiymati xom-ashyo, materiallar va texnologiyalar qiymatidan qanchalik yuqori bo’lsa, 
kapital qo’yilmalarni amalga oshirish shunchalik foydali bo’ladi. Mahsulotga bo’lgan talab qanchalik 
yuqori bo’lsa, korxona shunchalik katta moslashuv xarajatlariga yo’l qo’yishi mumkin. Tajribalarning 
ko’rsatishicha, talab narxi taklif narxidan qanchalik ko’p vaqt mobaynida yuqori bo’lsa, investitsiya 
kiritish ham, moslashuv xarajatlariga qaramasdan, shunchalik samarali bo’ladi. 
5. Multiplikator (ko’payuvchi) tamoyili. 
Multiplikator tamoyili tarmoqlarning o’zaro aloqasiga suyanadi. Bu degani, misol uchun 
avtomobillarga bo’lgan talabning oshishi, texnologik jihatdan ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan 
tovarlarga bo’lgan talabning oshishiga ham olib keladi. Ya'ni ishlab chiqarish texnologiyasini bilish
korrelyatsiya koeffitsientini aniq hisoblash imkonini beradi. 
Multiplikator muayyan ta'sirning kuchini oldindan bilish, ushbu axborotdan samarali 
foydalanish,va foyda keltirmayotgan investitsiyalardan voz kechib, kon'yunkturadan ilgarilagan holda 
yangi faoliyat turi bilan shug`ullanishga imkon beradi. 
Multiplikator ta'sirini keltirib chiqargan tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning susayishi, 
multiplikator samarasiga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi. Bundan tashqari, multiplikator samarasi vaqt 
o’tishi bilan asta-sekin o’z kuchini yo’qotib boradi. Keyinchalik esa boshqa tarmoq mahsulotiga talab 
oshishi va bunday holat investitsiyalar kiritish strategiyasiga o’zgartirishlar kiritishga olib kelishi 
mumkin. 
6. Q - tamoyili. 
Bu aktivni fond birjasida baholanishi va uning real tiklanish qiymati o’rtasidagi bog`liqlikni 
belgilashdir. Bunday bog`liqlik ko’rsatkichi Q-nisbatdir: 
Q = Ishlab chiqarilayotgan moddiy aktivlarning birja bahosiga nisbati 
Agarda nisbat birdan katta bo’lsa, investitsiya kiritish foydali hisoblanadi. Nisbat birdan 
qanchalik katta bo’lsa, investitsiya kiritish shunchalik foydali bo’ladi. Shu tarzda, uylarning bozor 
(birja) bahosining ularning joriy qiymatiga nisbatan o’sishi, uy-joy qurilishini rag`batlantiradi, chunki 
bozordagi narx joriy xarajatlarni to’liq qoplaydi. 
Q = Butun korxonaning birja qiymatini uning moddiy qismini qoplash xarajatlariga nisbati 
Umuman olganda, davlat tomonidan tartibga solish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ushbu 
tamoyildan shunchalik kam foydalaniladi. Demak, davlat tomonidan tartibga solinish darajasi 
kamayib, korxonalar asosiy va aylanma kapitali qiymatini baholash va qayta baholashda tovar-xom-
ashyo va fond birjalarining roli oshib borishi bilan, investitsiyalar samaradorligini baholashga bo’lgan 
bunday yondashuv ahamiyati ham ortib boradi. 
Tajribalarga qaraganda Q-tamoyilidan transport, avtomobilsozlik, aviasozlik, rangli metallurgiya 
kabi sanoat tarmoqlarida foydalanish ayniqsa yaxshi natijalarga olib keladi, va neft qazib olish, gaz 
tarmog`i kabi davlat tomonidan tartibga solinadigan tarmoqlarda umuman qo’llanilmaydi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling