Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


O’zbek korxonalari va tadbirkorlari foydalanishi mumkin bo’lgan investitsion


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

1.3. O’zbek korxonalari va tadbirkorlari foydalanishi mumkin bo’lgan investitsion 
resurslar manbalari 
Hozirgi kunda o’zbek korxonasi uzoq muddatli moliyalashtirishning quyidagi manbalaridan 
foydalanishi mumkin: 
Аҳоли 
маблағлари 
Investitsiyalarning ichki manbalari 
Daromad 
investitsiya 
manbasi sifatida 
Amortizatsion 
ajratmalar 
Byudjetdan 
moliyalash-
tirish 
Банк кредити 


97 
- tijorat banklari; 
- chet el banklari va kredit liniyalari; 
- portfel investorlari - xususiy fondlar; 
- strategik investorlar. 
Shuningdek, aksiyalarning ommaviy emissiyasi, obligatsiyalar, konvertatsiya qilinadigan 
obligatsiyalar va lizing kabi uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari ham e'tiborga loyiq. 
Strategik investorlar bo’lib quyidagilar xizmat qilishi mumkin: 
- mazkur yoki o’xshash sohada faoliyat yurituvchi va o’z faoliyatini kengaytirish istagida 
bo’lgan kompaniyalar; 
- boshqa sanoat sohalarida faoliyat yurituvchi va o’z aktivlaridan samaraliroq foydalanish 
istagida bo’lgan kompaniyalar; 
- strategik aloqalarni rivojlantirish istagida bo’lgan moliya-sanoat guruhlari (MSG). 
Strategik investorlar, ko’pgina hollarda, korxona aksiyalarini portfelli investorga nisbatan 
yuqoriroq baholaydilar. Bu holatni, strategik investorlarning uzoq muddatli hamkorlik va korxonada 
qaror qabul qilishda ishtirok etish istagi bilan tushuntirish mumkin. 
O’zbek korxonalari strategik investordan investitsiya olishni ma'qul biladilar, chunki ular 
investordan quyidagilarni olishga intiladilar: 
- yangi texnologiya va uskunalar; 
- bozor va tarmoq to’g`risidagi bilimlar; 
- chet el bozorlariga kirib borish imkoniyati; 
- mahsulot assortimentini kengaytirish; 
- bozor tomonidan tan olinish; 
- ishlab chiqarish, ta'minot va savdo miqyoslarini kengayishidan samara olish (miyos samarasi); 
- sinergetik samara (ishlab chiqarishda o’zaro to’ldiruvchanlik); 
- yetkazib berishlar (agarda investor yetkazib beruvchi bo’lsa) yoki tayyor bozor (agarda investor 
xaridor bo’lsa); 
- tajriba. 
Obligatsiyalar investitsion vosita bo’lib aksiyalardan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: 
- obligatsiyalar bo’yicha foizlarning belgilangan to’lovlari amalga oshiriladi; 
- obligatsiyalar belgilangan amal qilish muddatiga ega; 
- obligatsiyalar qoplanishida asosiy summa qaytarilishi nazarda tutilgan; 
- obligatsiyalar bo’yicha majburiyatlarni bajarish birinchi darajali (ustuvor) hisoblanadi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling