Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Titul varaqa namunasi
9.
Moliyalashtirish Kapitalga bo’lgan ehtiyoj va undan foydalanish. 142 Moliyalashtirish vositalari. O’tmishdagi moliyalashtirish. 10. Ilova 4. Amerika namunaviy biznes-rejasi 1. Titul varaqasi A) korxona nomi va manzili B) ta'sischilar ismi-sharifi va manzili V) taklif etilayotgan loyiha mohiyati G) loyiha qiymati (moliyalashtirish manbalari ham ko’rsatilishi mumkin) D) loyiha maxfiyligi Loyihaning asosiy mohiyati va taxminiy qiymatini titul varaqasida aks ettirish tavsiya qilinadi, bunday ma'lumotga ega bo’lgan holda, investorlar butun rejani o’qimasdan turib uning mohiyatini anglashlari mumkin. 2. Titul varaqa namunasi A) «Ozoda-servis» kichik korxonasi Manzil: Toshkent sh. Tel.: 485-85-85 Ta'sischilar: Gulchehra Jalilova, Sanobar Salimova Taklif etilayotgan loyiha mohiyati: «Ozoda-servis» kichik korxonasi tashkilot va muassasalar binolarida tozalik ishlarini olib boradi. Taklif etilayotgan xizmatlarga pol yuvish, gilam va pardalarni tozalash, kir yuvish, oyna yuvish va boshqa xo’jalik ishlari kiradi. Xizmatlar shartnomaga asosan bir yil muddatda amalga oshiriladi. Shartnomada ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxati va davriyligi aniq ko’rsatilishi lozim. Korxona asosan kichik korxonalar va ofislardagi tozalik ishlarini bajarishga mo’ljallangan. Loyiha qiymati: 6 yil muddatga 15 mln. so’mlik ssuda talab qilinadi. Ushbu mablag` xona ijarasi, ish qurollarini sotib olish, reklama, mikroavtobus ijarasi va boshqa joriy xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Maxsus hujjat maxfiy va korxona ta'sischilarining mulki hisoblanadi. Hujjat faqatgina ta'sischilar va ularning roziligi bilan olgan shaxslar uchun mo’ljallangan. Korxonaning yozma roziligini olmasdan turib hujjatdan nusxa ko’chirish va uni e'lon qilish man etiladi. B) Kirish qismi: taklif etilayotgan loyihaning asosiy qismlari (3-4 bet). Bu yerda tashkil etilayotgan korxona nima bilan shug`ullanishi, qancha mablag` va nima uchun so’ralayotgani, mahsulot va xizmatga kutilayotgan talab darajasi, va tadbirkor nuqtai nazaridan nimaga aynan uning loyihasi muvoffaqiyatli bo’lishi to’g`risida aniq va ishonarli tarzda bayon qilish lozim. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling