Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
-30-mavzular. Qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini va biznesini rejalashtirish
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
29-30-mavzular. Qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini va biznesini rejalashtirish
1. Rejalashtirishning tizimi, tamoyillari va tuzish uslubi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, korxonalarning ichki iqtisodiy munosabatlarini o‘zida aniq aks ettira oladigan mexanizm bu - rejalashtirishdir. Bozor munosobatlarining talab va taklif qonuniyatlariga tayangan xolda yaratilgan rejalashtirish tizimi, qishloq xo‘jalik korxonalarida mavjud bo‘lgan tarmoqlar o‘rtasida, ularning ichki resurslaridan foydalanishda mutanosiblikni o‘rnatib, ishlab chiqarishning uzluksiz va tez sur'atlar bilan rivojlanib borishiga imkoniyatlar yaratadi. ij P ∑ ∑ = + = + − Ρ − Ρ s j m s j j j ij j x a x a 1 1 ) ( ) ( ) ( ), ( x P x P j ij + − s , 1 ); , 1 m s + 184 Rejalashtirishdan asosiy maqsad bozorni sifatli, arzon va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirish, qishloq xo‘jalik korxonalarining soha va tarmoqlari o‘rtasida ichki resurslar bilan ta'minlanish mutanosibligini o‘rnatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iboratdir. Rejalashtirish natijasida qishloq xo‘jalik korxonalari yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat va moliya resurslaridan, tabiiy boyliklar, fan va texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribalardan oqilona va samarali foydalanishga, tejamkorlik qoidalariga rioya qilishga va nobudgarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka erishishni nazarda tutadi. Rejalashtirish orqali quyidagi vazifalar hal etiladi: - qishloq xo‘jalik korxonalari ichida agrar va iqtisodiy munosabatlarni chuqur islox qilish asosida xususiy mulkchilikni shakllantirish va mustahkamlash; - dehqonning yer va boshqa ishlab chiqarish vositalari, mehnat, moliya va ilmiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishida shaxsiy javobgarligi va manfaatdorligini oshirishni ta'minlash; - har bir qishloq xo‘jalik korxonasida ekinlar hosildorligini, chorva va parranda mahsuldorligini oshirishning aniq yo‘llarini hisoblab chiqib, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida mehnat unumdorligini o‘stirish, sarf-xarajatlarni tejash va ishlab chiqarish rentaballigini ko‘tarish; - korxonaning tabiiy-iqtisodiy sharoitini hisobga olgan xolda, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va tarmoqlarni bir-biri bilan samarali muvofiqlashtirish; - mahsulot sotish bo‘yicha korxona tuzgan shartnomalarning bajarilishini ta'minlash; - korxonada ishlab chiqarish munosabatlarini, texnika va texnologiyasini takomillashtirish, fan, texnika va ilg‘or tajribalarni, tadbirkorlikni xorijiy davlatlar va ichki investitsiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etib, eksportbop tovar mahsulotlari yetishtirishni ta'minlash. Shuning bilan birgalikda, qishloq xo‘jalik korxonalarida iqtisodiy va agrar o‘zgarishlarni o‘zida aks ettira oladigan, mulk egasi huquqini ta'minlovchi bozor mexanizmi va moddiy rag‘batlantiruvchi omillarni jonlantirish va rejalashtirish ular zimmasiga yuklangan vazifalar qatoriga kiradi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda rejalashtirish quyidagi Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling