Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


-rasm. Tavakkalchilik tahlili jarayoni


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

12.2.-rasm. Tavakkalchilik tahlili jarayoni. 
(12.1) 


180 
Umumiy prognoz modeli quyidagi tarzda imitatsiya qilinadi. Pul oqimlarining muayyan 
qiymatlariga tegishli bo’lgan, katta hajmdagi tasodifiy ssenariylar ishga tushiriladi. Keyinchalik 
ularning NPV manfiy qiymatiga tegishli bo’lgan ulushini aniqlash maqsadida, bita joyga yig`iladi va 
statistik qayta ishlanadi. Bunday ssenariylarning umumiy ssenariylar soniga nisbati investitsiyalar 
tavakkalchiligini baholaydi. 
Model o’zgaruvchilari (pul oqimlarining) ehtimollarining taqsimlanishi, bunday kattaliklarni 
muayyan diapazonlardan tanlash imkonini beradi. Bunday taqsimlanish matematik tarzda amalga 
oshiriladi, va bu bilan modellashtirish jarayonidagi har bir o’zgaruvchi uchun qiymatlarning tasodifiy 
tanlanishi nazorat qilinadi. 
«Modellarni hisoblash» ishi kompyuter zimmasiga yuklanadi, va hisoblashlar soni qaror qabul 
qilish uchun yetarli bo’lgunga qadar amalga oshiriladi. 
Imitatsion modellashtirishni amaliy bajarish uchun Garvard universitetida ishlab chiqilgan «Risk 
Master» dasturini taklif etish mumkin. Bu dasturning asosiy xususiyati shundaki, u korrelyatsiyalangan 
tasodifiy sonlar bilan ham ishlash imkoniga ega. 
Tavakkalchilik tahlilining so’nggi bosqichi, modellarni hisoblash bosqichida olingan natijalarni 
qayta ishlash va asoslashdir. Har bir hisoblash p = 100 : n,
Bo’lgan voqea ehtimolligini tavsiflaydi 
Bu yerda: r – bir martalik hisoblash ehtimoli,%; 
n – tanlov kattaligi. 
Misol uchun agarda tasodifiy hisoblashlar soni 5000ga teng bo’lsa, bitta hisoblash ehtimoli p = 100 
: 5000 = 0,02 %ga teng bo’ladi. 
Tavakkalchilik me'yori sifatida, inveitsiyaviy loyihalashtirishda, NPVning manfiy qiymatiga ega 
bo’lish ehtimolini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunday ehtimollik imitatsion modellashtirishning 
o’rtacha statistik natijalari asosida baholanib, bitta hisoblash ehtimoli va manfiy qiymatga ega natijalar 
ko’paytmasiga teng bo’ladi. Misol uchun, 5000ta hisoblashdan 3454tasida NPV qiymati manfiy bo’lsa, 
tavakkalchilik me'yori 69,1%ni tashkil etadi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling