Forvard - sotuvi muddatli bitimlar bo‘yicha sotish
Forvard ta'minoti - muddatli bitimlar ta'minoti
Forvard ustama haqi - muddatli bitim bo‘yicha joriy narx ustamasi
Forvard ustamasi - muddatli bitim bo‘yicha joriy narxga qo‘shiladigan ustama
Forvard chegirmasi - muddatli bitimlar bo‘yicha beriladigan chegirma
Forvard shartnomasi - kelishilgan miqdordagi xorijiy valyutani bitim tuzilayotgan vaqtda
kelishib olingan kursda muayyan muddatdan so‘ng yetkazib berish haqida tuzilgan shartnoma
«Forvard» bitimi - muayyan muddatda yetkazib berish majburiyati asosida tuzilgan naqd mol
bitimi
Forfeyting - mollar sotuvida chetdan mol keltiruvchilarga kredit ajratish shakli. Bu ko‘pincha
tashqi savdo operatsiyalarvda qo‘llaniladi
Fosstiss - talabni shakllantirish va mol sotuvini rag‘batlantirish bo‘yicha
xari-dorlar hamda
chakana savdogarlarga mo‘l-jallangan tadbirlar
326
Franko - savdo shartnomalarida qo‘llaniladigan istiloh. U odatda biror joy nomiga qo‘shib
ishlatiladi. Bunda sotuvchi sotilgan mollarni o‘z hisobidan o‘sha joyga yetkazib berish majburiyatini
oladi
Xedj- narx-navoning nokulay o‘zgarishlaridan sug‘urtalash maqsadida tuziladigan muddatli
bitim.
Xedjer-narx-navoning nokulay o‘zgarishlaridan sug‘urtalashga
imkon beruvchi birja
operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs.
Xo‘jalik umumiy faoliyati - xo‘jalik yurituvchi sub'ektning har qanday
tadbirkorlik faoliyati
bo‘lib, uning oddiy faoliyati, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub'ektning
kelgusidagi taraqqiyotga,
xo‘jalik yurituvchi sub'ekt iqtisodiy foydalarni mustahkamlash va o‘stirishga qaratilgan faoliyatidan
iborat.
Xronometraj - ishchining mehnat operatsiyalariga ketgan
ish vaqti sarfini mazkur
operatsiyalarning mehnat talabligini aniklash maqsadida o‘lchash
Shu'ba xo‘jalik jamiyati (bundan buyon "shu'ba jamiyat" deb yuri-tiladi)
- bosh jamiyat
tomonidan nazorat qilinadigan xo‘jalik yurituvchi sub'ekt.