Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Faktura - molning narxi ko‘rsatilgan tavsifidan hamda barcha yuk ma'lumot-laridan iborat mol 
hujjatlari turlaridan biri
Fakturalarni diskontlash - molning narxi ko‘rsatilgan tavsifidan hamda barcha yuk 
ma'lumotlaridan iborat mol hujjat-larini vaqtga ko‘ra taqqoslanadigan o‘lcham-larga keltirish 
Falsifikatsiya - 1. mollar va mahsulotlarni qalbakilashtirish; 
2. dalillar va voqyealarni buzib ko‘rsatish; 
3. me'yoriy pul birligi tarkibidagi asl metall mikdorini kamaytirish 
Farmoyishli akkreditiv - bankning kelishilgan eng yuqori summagacha bo‘lgan mijoz o‘tkazma 
veksellarini to‘lash haqida xorijdagi o‘z vakillariga bergan ko‘rsat-masi 
Fillips egri chizig‘i - mamlakatdagi inflyasiyaning o‘rtacha darajasi va ishsizlik darajasi 
o‘rtasidagi bog‘liklikni aks ettiruvchi chiziq 
Foizli marja - aktiv va passiv operatsiyalar foiz stavkalari o‘rtasidagi farq 
Foizli svop - tomonlardan birining foizlar o‘rtasidagi farqdan foyda ko‘rish maqsadida ikkinchi 
tomonga belgilangan stavka asosida foiz olish evaziga libor stavkasi bo‘yicha foiz to‘lash 
majburiyatini zimmasiga olishi 
Foizli spred - aktivlar va passivlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq 
Foizli fyucherslar - kredit vositalari bilan tuzilgan muddatli birja bitimlari 
Fond arbitraji - bitta qimmatli qog‘ozning turli fond bozorlaridagi kurs-lari o‘rtasidagi farq 
hisobidan foyda ko‘rish maqsadida tuzilgan bitim 
Forvard bitimi - muayyan muddatda yetkazib berish majburiyati asosida tuzilgan naqd mol 
bitimi 
Forvard valyuta kursi - valyutaning muddatli bitimlar bo‘yicha kursi 
Forvard valyutasi - muddatli bitimlarni amalga oshirishda foydala-niladigan valyuta 
Forvard obligatsiyasi - obligatsiya xarid qilish va sotish bo‘yicha kelgusi sanada ijro etiladigan 
shartnoma 
Forvard pozitsiyasi banklar muddatli bitimlarni amalga oshirayotganda bir valyutada talabga 
ega bo‘lib, boshqa valyutadagi majburiyatni o‘ziga qabul qilib oladi Natijada bankning aktivi va 
passivi tarkibida kursi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda o‘zgaruvchi ikki xil valyuta yuzaga keladi. 
Bu esa muayyan davrda aktivlarning passivdan oshishga, ya'ni foyda ko‘rishga yoki aksincha, zarar 
ko‘rishga olib kelishi mumkin 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling