Faktura - molning narxi ko‘rsatilgan tavsifidan hamda barcha yuk ma'lumot-laridan iborat mol
hujjatlari turlaridan biri
Fakturalarni diskontlash - molning narxi ko‘rsatilgan tavsifidan hamda barcha yuk
ma'lumotlaridan iborat mol hujjat-larini vaqtga ko‘ra taqqoslanadigan o‘lcham-larga keltirish
Falsifikatsiya - 1. mollar va mahsulotlarni qalbakilashtirish;
2. dalillar va voqyealarni buzib ko‘rsatish;
3. me'yoriy pul birligi tarkibidagi asl metall mikdorini kamaytirish
Farmoyishli akkreditiv - bankning kelishilgan eng yuqori summagacha bo‘lgan mijoz o‘tkazma
veksellarini to‘lash haqida xorijdagi o‘z vakillariga bergan ko‘rsat-masi
Fillips egri chizig‘i - mamlakatdagi inflyasiyaning o‘rtacha darajasi va ishsizlik darajasi
o‘rtasidagi bog‘liklikni aks ettiruvchi chiziq
Foizli marja - aktiv va passiv operatsiyalar foiz stavkalari o‘rtasidagi farq
Foizli svop - tomonlardan birining foizlar o‘rtasidagi farqdan foyda ko‘rish maqsadida ikkinchi
tomonga belgilangan stavka asosida foiz olish evaziga libor stavkasi bo‘yicha foiz to‘lash
majburiyatini zimmasiga olishi
Foizli spred - aktivlar va passivlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq
Foizli fyucherslar - kredit vositalari bilan tuzilgan muddatli birja bitimlari
Fond arbitraji - bitta qimmatli qog‘ozning turli fond bozorlaridagi kurs-lari o‘rtasidagi farq
hisobidan foyda ko‘rish maqsadida tuzilgan bitim
Forvard bitimi - muayyan muddatda yetkazib berish majburiyati asosida tuzilgan naqd mol
bitimi
Forvard valyuta kursi - valyutaning muddatli bitimlar bo‘yicha kursi
Forvard valyutasi - muddatli bitimlarni amalga oshirishda foydala-niladigan valyuta
Forvard obligatsiyasi - obligatsiya xarid qilish va sotish bo‘yicha kelgusi sanada ijro etiladigan
shartnoma
Forvard pozitsiyasi banklar muddatli bitimlarni amalga oshirayotganda bir valyutada talabga
ega bo‘lib, boshqa valyutadagi majburiyatni o‘ziga qabul qilib oladi Natijada bankning aktivi va
passivi tarkibida kursi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda o‘zgaruvchi ikki xil valyuta yuzaga keladi.
Bu esa muayyan davrda aktivlarning passivdan oshishga, ya'ni foyda ko‘rishga yoki aksincha, zarar
ko‘rishga olib kelishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |