Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Operatsiya faoliyati - xo‘jalik yurituvchi sub'ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, 
shuningdek sub'ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati. 
Oferta (taklif) Bitimni uning aniq shartlari ko‘rsatilgan holda tuzish istagi to‘g‘risidagi arizani 
ifoda etuvchi tijorat hujjati. 
Onkol ssudasi - birinchi talabdanoq qoplanadigan qisqa muddatli qarz 
Opportunizm - shartnoma tuzayotgan tomonlardan birining shartnoma tuzayotgan xamkordan 
ustunlikka erishish maqsadida shartnomaning shartlarini o‘zi uchun qulay xolda shakllantirishga 
intilishi 
Opsion – ikki tomonlama tasdiqlangan, kontraktda kelishilgan bahoda va muddatda aktivlarni 
sotib olish va sotish. U bilan savdo qilish xavf - xatarni ancha kamaytiradi. Aktiv egasi, uni sotish 
opsionini olishi bilan aktivni bozor qiymatining pasayishidan o‘zini kafolatlaydi, investor esa teskarisi. 
Opsionning quyidagi turlari mavjud: opsion Call (sotib olish); opsion Put (sotish); opsion 
Stellage (ko‘shma); yevropacha va Amerikacha. 
yevropacha usulda opsionning bajarilishiga faqat kelishilgan vaqtda (kunda) ruxsat beriladi
Amerikacha usulda – belgilangan muddat ichida bajarilishi mumkin.
Opsion - 1. shartnoma tuzayotgan tomonlarning biri ikkinchisiga taklif etayotgan bitim 
shartlarini erkin tanlashga imkon beruvchi huquq;
2. fuqarolik huquqida mukobil majburiyatni bajarish, shuningdek, kelgu-sida shartnoma tuzish 
haqida oldindan kelishib olish usulini tanlash imkoniyatini bildiradi;
3. xalqaro huquqda xalqaro shartno-malarda ko‘zda tutilgan hududiy o‘zgarish yuz berganida 
yoki yangi davlatlar tashkil topganida shaxsning fuqarolikni tanlash imkoniyatini anglatadi
shuningdek, qo‘sh fuqarolikka barham berish paytida shaxsning fuqarolikni tanlash imkoniyatini ham 
bildiradi;
4. birja operatsiyalarining fyuchers bitimlariga nisbatan tavakkalchiligi chegaralangan ustama 
hakni turi; muayyan boyliklar yoki moliyaviy huquqlarni bitim tuzish paytida belgilangan narxda 
kelishilgan davr mobaynida xarid qilish yoki sotish bo‘yicha shartnoma majburiyati 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling