Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spot bozori
- Spreder
- Subsidiya
- Tezkor lizing
Ssuda - odatda bank tomonidan moddiy boyliklarni garovga qo‘yib, ma'lum muddatga va
foizini to‘lash sharti bilan beriladigan kredit shakli. «Spot» - darhol (bir vaqtni o‘zida to‘lash). «Spot» narxi - darhol yetkazib beriladigan mollar sotiladigan narx Spot bitimi - mavjud mol yoki moliyaviy vosita uchun birja savdosi paytida darhol haq to‘lanishini ko‘zda tutib tuzilgan bitim turi 323 Spot bozori - darhol yetkazib beriladigan nakd mollar savdo qilinadigan bozor Spred - 1. turli muddatda yetkazib beri-ladigan bitta yoki o‘zaro bog‘liq ikkita molga mo‘ljallangan fyuchers shartno-malarini bir vaqtda xarid qilish va sotish; 2. soliqlarni kamaytirish maqsadida o‘zaro bog‘lik bo‘lmagan mollar fyuchers shartnomalarini bir vaqtda xarid qilish va sotish; 3. boshlang‘ich narxi turlicha bo‘lgan yoki opsion tugagunga qadar turli davrga ega bo‘lgan bir turdagi opsionlarni bir vaqtda xarid qilish va sotish; 4. narx-navo o‘zgarib turishi ko‘lami; 5. narxlar o‘rtasidagi farq Spreder - turli vaqtdagi muddatli shartnomalarni bir vaqtning o‘zida sotuvchi va xarid qiluvchi birja savdogari Csuda marjasi - kredit ajratishdan olingan daromad va mablag‘ jalb etish qiymati o‘rtasidagi farq Stagnatsiya - iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda yoki savdoda tanazzullikni yuzaga keltiruvchi turg‘unlik Stagflyasiya - inflyasiyaning iqtisodiy inqiroz bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi; ishlab chiqarish tanazzulligi, narx-navo va ishsizlikning o‘sishi bir vaqtda sodir bo‘ladigan iqtisodiyot holati. Subsidiya-yordam, qo‘llab-kuvvatlash Tajriba-konstruktorlik ishlari - yangi yoki jiddiy tarzda yaxshilangan materiallar, mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar, tizimlar yoki xizmatlarni rejalashtirish yoxud loyihalashtirish uchun, ularni tijorat maqsadlarida ishlab chiqarish yoki foydalanishdan oldin, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini yoki boshqa bilimlarni qo‘llash. tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar; Tezkor lizing - ijraga olinadigan mulkni to‘liq amortizatsiya qilmaslik sharoitida va kelishilgan vaqt davri davomida tuziladigan lizing. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling