Tratta inkassosi - pulni o‘tkazma veksel to‘lovchisi hisob-raqamidan o‘tkazma veksel sohibi
hisobraqamiga o‘tkazish
Trattani diskontlash o‘tkazma veksellarni hisobga olish
Treyder - 1. brokerlik firmasining birjasi savdosida bevosita ishtirok etuvchi hamda qimmatli
qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha buyurtmalarni bajaruvchi xodimi;
2. birjada bitim tuzish huquqiga ega jismoniy yoki hukuqiy shaxs;
3. savdogar
Trest - a'zolari ishlab chiqarish va tijorat mustaqillligiga ega bo‘lmagan, faoliyatini boshqarish
esa yagona markazdan olib boriladigan birlashma
Tritger - 1. zaxiralarni boshqarish tizimidagi buyurtma berish nuqtasi;
2. kredit shartnomasining o‘z-o‘zidan biror natija, masalan, kreditni muddatidan oldin
qoplashning talab qilinishi, yuzaga keladigan sharti
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni
chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida
olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Uzoq muddatli investitsiyalar - qisqa muddatli (joriy) investitsiyadan tashqari barcha
investitsiyalar.
O‘zgartirish - yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning
barcha huquqlari va majburiyatlarini berish yo‘li bilan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini
o‘zgartirish;
Favqulodda daromad (zarar) - xo‘jalik yurituvchi sub'ektning odatdagi faoliyatidan aniq farq
qiladigan, ya'ni tez-tez yoki muntazam sodir bo‘lmaydigan voqyealar yoki bitimlar natijasida yuz
bergan daromadlar yoki xarajatlar.
Faol bozor - oldi-sotdi ob'ektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga
oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan, shuningdek narxlar
haqidagi ma'lumotlar oshkor (hammabop) bo‘lgan bozor;
Do'stlaringiz bilan baham: |