Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi xisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan 
daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. 
Transfert - 1. bankning o‘tkazmada ko‘rsatilgan shaxsga muayyan summani to‘lash haqida o‘z 
vakiliga bergan buyrug‘i; 
2. summani bir hisob raqamdan boshqasiga o‘tkazish; 
3. aksiyaga egalik huquqini o‘tkazma ustxat orqali bir aksiyadordan boshqasiga o‘tkazish; 
4. pulni bir moliyaviy muassasadan boshqasiga o‘tkazish; 
5. xorijiy valyuta yoki oltinni bir mamlakatdan boshqasiga o‘tkazish 
Transfert daftari - aksiyalarga egalik qilish huquqini boshqaga o‘tkazish qayd etiladigan daftar 
Tranchizi - 10-30 mln. dollarlik katta yevrodollar guvohnomalarining mayda investorlarga 
sotiladigan va katta guvohnoma ko‘rsatkichlari (foizi, chiqari-lish sanasi, qayta sotib olinish sanasi)ga 
ega bo‘lgan mayda (10 mln dollarlik) qismlari 
Transh - obligatsiya zayomining alohida bo‘lak holda chiqariladigan ulushi (turkumi) 
Trassant - o‘tkazma veksel sohibi 
Trassat - o‘tkazma veksel bo‘yicha to‘lovchi 
Trast - 1. xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonch asosidagi xizmatlarni bajaruvchi 
kompaniya; 
2. mol-mulkni ishonch asosida boshqarish 
Trast-vakil - ishonch bildirilgan vakil 
Trast-kompaniya - korporatsiya yoki alo-hida shaxslar mol-mulki va qimmatli qog‘ozlarini 
ishonch asosida boshqarish maqsadida ta'sis etilgan muassasa 


324 
Trast-fond - muayyan qimmatli qog‘ozlar to‘plamini ishonch asosida boshqarishga tayanadigan 
fond 
Tratta - o‘tkazma veksel 
Tratta aksepti - o‘tkazma veksel to‘lani-shiga rozilik bildirilganligi haqidagi qayd 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling