FAVQULOTDA FOYDA VA ZARARLAR TAXLILI
Kirish
Asosiy qism
1. Favqulodda moddalarning ta`rifi va tavsifi.
2. Favqulodda moddalar vujudga kelishining xollari.
3. Favqulodda moddalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibi.
4. Favqulodda moddalarni yoritilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
"Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot" deb nomlangan 3 sonli BHMS ga muvofiq favqulodda moddalar xo`jalik yurituvchi sub`ektning odatdagi faoliyatidan keskin farq qiladigan xodisalar yoki bitimlar natijasida paydo bo`ladigan, ya`ni doimiy yoki uzluksiz amalga oshmaydigan daromadlar yoki xarajatlardan iborat.
Hodisalar favqulodda moddalar sifatida tan olinishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishlari lozim :
Bir necha yillar davomida tez-tez qaytarilib turmasligi.
Хo`jalik yurituvchi subьekt faoliyatining bir qismi hisoblanmasligi.
Ma`muriyat yoki mulk egalarining hohish-iroda, qaroriga bog`liq bo`lmasligi.
Korxonaning odatdagi xo`jalik faoliyati natijasida ko`radigan foyda yoki zarari fav-qulodda moddalar sifatida qaralmaydi. Masalan:
- Dargumon qarzlarni hisobdan chiqarishdan qo`rilgan zararlar;
- Тovar moddiy-zahiralarni qayta baholashdan qo`rilgan zararlar .
- Valyuta ayriboshlash kursi o`zgarishi natijasida yuzaga kelgan foyda yoki zarar.
- Kelishilgan narxlarning o`zgarishlari natijasida olingan foyda yoki zarar.
- Mulkni, uskunalarni yoki boshqa investitsiyalarni sotish yoki hisobdan chiqarish
natijasida olingan foyda yoki zarar.
- O`tgan davr xarajatlarini qoplash uchun daromad solig`ini pasaytirilishi yoki avvalgi soliq imtiyozining bekor qilinishi natijasida olingan foyda yoki zararlar va h.k
Asosiy qism
Avval aytib o`tganimizdek, favqulodda moddalar favqulodda zarar va daromadlardan iborat bo`ladi. Favqulodda zararlar:
tabiiy ofatlar (er silkinishi; suv bosishi; o`t ketishi; kurg`oqchilik, ektrimal darajalar, vulqon otilishi va h.k natijasida ;
texnogen talofatlar ( korxona joylashgan joyda atom elektr stantsiyasida yuz ber-gan xalokat; neft tashuvchi tankerning halokati va h.k. natijasida
mulkni ekspropriatsiya qilinishidan ko`rilgan zararlar va h.k dan iborat bo`ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |