Favqulodda moddalar hisobi


Hisoblangan foyda solig`i summasi 287658


Download 63.76 Kb.
bet10/11
Sana07.03.2023
Hajmi63.76 Kb.
#1246883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FAVQULOTDA FOYDA VA ZARARLAR TAXLILI

12. Hisoblangan foyda solig`i summasi 287658

Ushbu hujalik muomalalari bo`yicha tuzilgan buxgalteriya yozuvlari ko`yida-gicha bo`ladi:


Dt «Foyda solig`i bo`yicha xarajatlar» 326700
Kt «Хisoblangan foyda solig`i» 287658
Kt «Vaqtinchalik farqlar bo`yicha daromad (foyda) solig`i»
yuzasidan muddati uzaytirilgan majburiyatlar 39042

6. Iqtisodiy faoliyatdan zarar ko`rilgan vaziyatdagi soliq hisobi


Soliq qonunchiligi tadbirkorlik faoliyatidan ko`rilgan zararni kelgusi davrlar daromad(foyda)i hisobiga qoplash uchun, uni ma`lum muddatga ko`chirishga yo`l qo`yadi. Zarar bilan bog`liq bo`lgan, hisoblangan soliq summasining kamayishi zarar ko`rilgan hisobot davri foyda solig`ining hisob-kitobiga quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:


1. Kelgusida soliqka tortiladigan daromad(foyda) bu zararni qoplash uchun etarli bo`lishi to`g`risida to`liq ishonch mavjud bo`lganda;
2. Vaqtinchalik farqlar bo`yicha muddati uzaytirilgan daromad (foyda)solig`i hisobvarag`i bo`yicha qoldiq mavjudligida.
Agar qoplash to`lanishi lozim bo`lgan soliqning kamayishi sifatida aks ettirilishi mumkin bo`lsa, bu holda imtiyoz undan foydalaniladigan davr hisobo-tiga kiritiladi, lekin u vujudga kelgan oldingi davr ko`rsatkichlarining tuzati-shi sifatida aks ettiriladi. Bunday yondashuv, qoplash manbai bo`lib, vujudga ke-lishi bu qoplashdan foydalanish imkonini beruvchi kelgusi foyda emas, balkim soliq to`lovlarining qisqarishi ishtirok etadi degan farazga moc keladi.


7. Foyda solig`i bo`yicha yoritishlar


1. Foyda solig`i bo`yicha xarajatlarning qo`yidagi elementlari alohida yoritilishi lozim:



  • soliq bo`yicha xarajatlarning joriy qismi;

  • hisobot davrida aniqlanib, avvalgi soliqlar darajasiga qilingan tuzatishlar;

  • vaqtinchalik farqlarni hisobga olish natijasida yuzaga kelgan soliq bo`yicha muddati uzaytirilgan xarajatlar summasi;

  • soliq stavkalarini o`zgarishi va yangi soliqlarni kiritilishi bilan bog`liq soliq bo`yicha xarajatlardagi o`zgarishlar;

  • zarar ko`rilgan hisobot davriga kiritilgan hisoblangan soliq summasining kamaygan summasi;

  • favqulodda moddalar, sezilarli xatolar va hisob siyosatidagi o`zgarish-larga tegishli soliqlarni to`lash bo`yicha xarajatlar;

  • soliqlarni to`lash xarajatlari va buxgalteriya daromad (foyda) orasidagi farq cummasining izohi va boshqalar

Download 63.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling