Favqulodda moddalar hisobi


Vaqtinchalik farqlarning soliq samarasi hisobi


Download 63.76 Kb.
bet5/11
Sana07.03.2023
Hajmi63.76 Kb.
#1246883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FAVQULOTDA FOYDA VA ZARARLAR TAXLILI

4.Vaqtinchalik farqlarning soliq samarasi hisobi


Vaqtinchalik farqlar soliq bazasiga taьsir ko`rsatib, kelgusi davrlar uchun tug`ri keluvchi soliq summasini oshiradi, yoki kamaytiradi. Buning natijasida buxgalteriya hisobida yana ikkita yangi tushuncha yuzaga keladi:


1.Vaqtinchalik farqlar bo`yicha muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig`i;
2.Vaqtinchalik farqlar bo`yicha daromad (foyda) solig`i yuzasidan muddati uzay-tirilgan majburiyatlar.
Bunday moddalarni hisobga olishning muhimligi shundan iboratki, ular yirik kompaniyalarning yillik balanslarida juda sezilarli summani tashkil qilishi mumkin. Masalan, 1999 yil yakuni bo`yicha bu summa «Daimler Chrysler» kom-paniyasida 1,9 mlrd. AQSh dollarini, «Boeing Company» kompaniyasida ham 1,9 mlrd AQSh dollarini, «Bristol Meyers» kompaniyasida 415 mln. AQSh dolla-rini va «Goodyear» kompaniyasida 376 mln.AQSh dollarini tashkil qilgan. Yangi hisobvaraqlar rejasida bu moddalarning joriy va uzoq muddatli qismini alo-hida tarzda hisobga olish ko`zda tutilgan.
Vaqtinchalik farqlar bo`yicha muddati uzaytirilgan foyda solig`i.
Bu modda soliqqa tortiluvchi foyda summasini vaqtinchalik farqlar taьsiri natijasida buxgalteriya foydasidan ko`p bo`lgan holatda yuzaga kelib, muddati uzaytirilgan soliq aktivini hosil kiladi. Kelgusi yillarda bu mod-dadagi summa muddati uzaytirilgan majburiyatlar hisobidan tartibga solinadi.
2-misol. «XYZ» korxonasi bo`yicha hisobot davrida ishlab chiqarish usulini qo`llab asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi 700 ming so`mni tashkil qilgan. Lekin soliq Kodeksi soliq hisobi uchun eskirish hisoblashning to`g`ri chiziqli usulini tavsiya etgan va ushbu usul bo`yicha hisoblangan eskirish summasi 500 ming so`mdan iborat bo`lishi lozim edi.
Bu holatda soliqqa tortiladigan foyda summasini ko`paytirishga olib keluvchi vaqtinchalik farq (700000 – 500000 = 200000) yuzaga keldi. Ushbu misol ma`lumotlaridan foydalanib, avval hisoblangan soliq summasiga aniqlik kiritamiz.
Echim:
1.Buxgalteriya foydasi 500000
2.Doimiy farklar (+):
issiq ovqat xarajatlari 200000
moddiy yordam summasi 100000 300000
3.Soliqqa tortiladigan foyda 800000
4.Soliq stavkasi 18 %
5.Foyda solig`i summasi 144000
6.Vaqginchalik farqlar (+; -) :
Asosiy vositalar eskirishidagi farq (+) 200000
7.Soliqqa tortiladigan foyda (800000+200000) 1000000
8.Soliq stavkasi 18 %
9.Foyda solig`i summasi 180000

Vaqtinchalik farqlar ta`siri ostida yuzaga kelgan foyda solig`i summasiga buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:



Download 63.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling