Favqulodda moddalar hisobi


Dt «Foyda solig`i bo`yicha xarajatlar» 144000 Kt


Download 63.76 Kb.
bet7/11
Sana07.03.2023
Hajmi63.76 Kb.
#1246883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FAVQULOTDA FOYDA VA ZARARLAR TAXLILI

Dt «Foyda solig`i bo`yicha xarajatlar» 144000
Kt «Hisoblangan foyda solig`i» 99000
Kt «Vaqtinchalik farqlar bo`yicha foyda
solig`i yuzasidan muddati uzaytirilgan majburiyatlar 45000

Bu holatda foyda solig`i bo`yicha tan olingan xarajatlarning bir qismi (45000 so`m)ni to`lash muddati uzaytirilmoqda. Bu summa korxona balansining joriy yoki uzoq muddatli majburiyatlar bo`limiga tegishli bo`lgan «Vaqtinchalik farqlar bo`yicha daromad (foyda) solig`i yuzasidan muddati uzaytirilgan majbu-riyatlar» deb nomlangan moddasida aks ettiriladi.




5.Тo`lanadigan soliq summasini hisoblash tartibi


Hisobot davrida to`lanishi lozim bo`lgan soliq summasini aniqlashda ko`yi-dagi holatlarga ahamiyat berilishi lozim:


hisobot davrida amaldagi soliq stavkasi;
foyda solig`ini to`lov manbaida ushlab qolish bilan bog`liq holatlar;
foyda solig`i bo`yicha berilgan imtiyozlar;
Soliq stavkalari va ularni qo`llash bilan bog`liq maxsus holatlar har yili O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo`mitasi tomonidan e`lon qilib boriladi va uning 2004 yil uchun umumiy tartibda soliq to`lovchi bo` -lib hisoblangan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar bo`yicha belgilangan darajasi 18% ni tashkil qiladi. Bu ko`rsatkich auktsionlar o`tkazishdan, gastrol-kontsert faoliyati bilan shug`ullanishga litsenziyasi bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni, shuningdek norezidentlarni jalb qilish yo`li bilan ommaviy tomosha tadbir-larini tashkil etishdan daromad oluvchi huquqiy shaxslar uchun 35% darajasida o`rnatilgan. Ayrim toifadagi soliq to`lovchilarga quyida keltirilgan darajalarda soliq stavkalari belgilangan. Jumladan :
- Ustav jamg`armasi 1 mln AQSh dollarigacha ekvivalent bo`lgan miqdorda bel-gilangan va Ustav jamg`armasidagi xorijiy sarmoyaning hissasi 50 foiz va un-dan ortiq bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxo-nalari uchun – 18 % ;
- Ustav jamgarmasi 1 mln AQSh dollari va undan yuqori summaga ekvivalent bo`lgan miqdorda Ustav jamg`armasidagi xorijiy sarmoyaning hissasi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxona-lari uchun – 16% ;
- Bolalar uchun tovarlar, ayollar gigiena buyumlari hamda badiiy hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan huquqiy shaxslar uchun – 10%
- O`z ishlab chiqargan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almash-tiriladigan valyutadagi hissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksport-chi korxonalar uchun :
a) sotishning umumiy hajmida 15 % dan 30 % gacha bo`lsa – belgilangan stavka
30 % ga pasaytiriladi;
b) sotishning umumiy hajmida 30 % va undan yuqori bo`lsa - belgilangan stavka 2 baravariga pasaytiriladi.
Soliq Kodeksining 42-moddasida to`lov manbasida ushlab qolinadigan soliqlar to`g`risida ma`lumot berilgan.Unga ko`ra huquqiy shaxslarga to`lanayotgan dividend va foiz ko`rinishidagi daromadlar to`lov manbasida 15 % stavka bo`yicha soliqqa tortiladi.
O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida soliqqa tortiladigan bazasini kamaytirishga olib boruvchi xarajatlar keltirilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
ekologiya, salomatlik va xayriya jamg`armalari, madaniyat, xalq taьlimi, sog`liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga qilingan badal summasiga, lekin soliqqa totiladigan daromad(foyda)ning 1 % dan ko`p bo`lmagan miqdorda.



Download 63.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling